$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Global ravishda mudofaa uchun xarajatlar rekord darajaga yetdi. O‘zbekistondachi?

Yadro qurollar

O‘tgan yilda butun Jahonda umumiy mudofaa xarajatlari 2 trillion dollardan oshib ketgan. Bu haqda Amerikaning Forecast International mudofaa texnologiyalari konsalting kompaniyasi hisobotida qayd etildi.

Sabab nimada?

Qayd etilishicha, 2023-yilda harbiy xarajatlar 10,4 foizga oshib, 2,12 trillion dollarga yetgan. Bunga asosiy sabablar sifatida Ukraina va G‘azo sektoridagi mojarolar, shuningdek, Qizil dengiz mintaqasidagi vaziyatning keskinlashuvi keltirib o‘tilgan.

Teng yarmi NATO davlatlari hissasi

Mudofaa xarajatlarining qariyb yarmi NATO davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Bundan tashqari, ekspertlar 2030-yilgacha mudofaa xarajatlari yanada oshishi mumkinligini prognoz qilishmoqda.

O‘zbekistonda ham mudofaa xarajatlari oshirilgan

O‘zbekistonda mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 3,2 trillion so‘mga (260 million dollar) oshirildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan ma’qullangan “2023 yilgi davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarda so‘z boradi. Gazeta.uz manbasiga ko‘ra mudofaa va xavfsizlik xarajatlarini oshirishga “yopiq qaror” bilan qaror qilingan.

Xarajatlar boshqa xarajatlarni kamaytirish hisobiga oshirilgan

Mudofaa xarajatlari boshqa xarajatlarni kamaytirish hisobiga 3,2 trillion so‘mga oshirilgan. Xususan, Bojxona qo‘mitasi va Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilishi munosabati bilan xarajatlar mos ravishda 944,4 milliard so‘m va 64,5 milliard so‘mga qisqartirilgan.