Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 88 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +9°
Читать на русском

2025-yilda MTRKga 881 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratiladi

2024-yil uchun MTRKga davlat byudjetidan 559,9 mlrd. so‘m, 2023-yilda 555,94 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

1 daqiqa o‘qiladi

2025-yilda MTRKga 881 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratiladi

“2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun 24-dekabr kuni qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga 881 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. 

Shundan 107 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ futbol musobaqalarini yoritishga moslashgan ko‘chma televizion stansiyalar sotib olish uchun ajratiladi.

HD format uchun 20 milliard

Bundan tashqari, “O‘zbekiston 24” va “Mahalla” teleradiokanallarini respublika hududida efirga uzatishni to‘liq HD formatga o‘tkazish xarajatlari uchun qarib 20 milliard, obyektlarni loyihalashtirish, qurish va jihozlash uchun 15 milliard ajratilgan.

O‘tgan yillarda qancha mablag‘ ajratildi?

Ma’lumot uchun ,2024-yil fevral oyida Abdurashid Jo‘raboyev O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga rais etib tayinlandi. Bungacha u bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimida ishlab kelgan. 

Shuningdek, 2024-yil uchun MTRKga davlat byudjetidan 559,9 mlrd. so‘m, 2023-yilda 555,94 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.