$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘zyo‘lko‘prik” 2024-yilda 79 ta obyektda 461.9 mlrd. so‘mlik qurilish montaj ishlarini bajardi

beton

2025-yilning I choragida umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘prik va sun’iy inshootlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazgan holda yangi yaratilgan elektron tizim bazasi ishga tushiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.

Avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘prik va sun’iy inshootlarning yagona elektron tizimi yaratildi

 “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri tomonidan 2024-yil davomida:

 —umumfoydalanuv avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘prik va sun’iy inshootlarni qurish, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, ta’mirlash hamda saqlash, obyektlarda qurilish va ta’mirlash ishlarining sifatini ta’minlagan holda yakunlab, foydalanishga topshirishni tashkil etish;

 —Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududidagi umumfoydalanuv avtomobil yo‘llarida joylashgan avariya holatiga kelib qolgan ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarni belgilangan dasturlar doirasida diagnostika qilish hamda texnik ko‘rikdan o‘tkazish;

 —diagnostika qilish natijalariga asosan aniqlanadigan avariya holatidagi ta’mirtalab ko‘prik va boshqa sun’iy inshootlarni loyihalashtirish;

 —ko‘prik va sun’iy inshootlarni loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta’minlash;

 —avtomobil yo‘llari, ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar qurilishida foydalanish uchun temir-beton mahsulotlari, sohada faoliyat yuritayotgan injener-texnik va ishchi-xodimlar ish jarayonida foydalanishi uchun sifatli maxsus kiyimlar ishlab chiqarish liniyalarini yaratish hamda kengaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirish;

 —umumfoydalanuv avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘prik va sun’iy inshootlarning yagona elektron tizimini yaratish va amaliyotga joriy etish kabi ishlarni olib bordi.

Yaratilgan elektron tizim bazasining afzalliklari

“O‘zyo‘lko‘prik” klasteri va uning filiallari tomonidan 2024-yilda:

 —sohani raqamlashtirish, yo‘l va ko‘priklar uchun mahsulot sifatini oshirish orqali ishlab chiqarishni kengaytirishda umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘prik va sun’iy inshootlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazgan holda yangi yaratilgan elektron tizim bazasi shakllantirildi. Yaratilgan elektron tizim 2025-yilning I choragida to‘liq yakunlanib, uning mobil ilovasi ham tizimga qo‘shimcha ravishda foydalanish imkoni yaratiladi va quyidagi afzalliklarga erishiladi:

 — ko‘prik va sun’iy inshootlar bo‘yicha yaratilayotgan yagona elektron tizimga ko‘prik va sun’iy inshootlarda o‘tkazilgan texnik ko‘rik natijalariga muvofiq qoniqarli-yashil, ta’mirtalab-sariq, avariya holatidagilari esa qizil toifalarga ajratilgan holda kiritilib, dasturlarni qisqa muddatda va samarali tashkil etish;

 — kutilmagan avariya holatarining oldini olish;

 —joylashgan koordinatasini (lokasiya) oson aniqlash;

 —ko‘prik va sun’iy inshootga tegishli barcha umumiy ma’lumotlarni olish;

 —joylardagi aholi ko‘prik va sun’iy inshootga o‘rnatilgan (QR) sinxronlash kod orqali murojaat va takliflarini mobil ilova yordamida bildirishlari mumkin bo‘ladi.

2024-yil III chorak yakuniga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotlar

 “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri III chorak yakuniga qadar umumiy 37.0 ming kub metr ya’ni 117.0 mlrd. so‘mlik temir-beton mahsulotlari ishlab chiqardi.

 Ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar uchun sohada birinchi bor 33 metrli temir beton oraliq qurilma(balka)lar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

 Shu bilan birga avtomobil yo‘llarini qurishda foydalaniladigan 5 metrli temir-beton lotoklar(LI-5) ishlab chiqarila boshlandi.

“Ko‘prik va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish” bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan 10 dan ortiq loyihalar

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan injener-texnik va ishchi-xodimlariga, ish jarayonida foydalanish va mehnat muhofazasini samarali tashkil etish uchun “Maxsus kiyimlarni kompleks ishlab chiqarish” sexi o‘z faoliyatini boshladi.

 Loyihalashtirish hamda diagnostika qilish ishlarini bajarishda:

 Klasterning “Ko‘prik va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish” bo‘limi tomonidan umumiy 10 dan ortiq loyihalar ishlab chiqildi va yangi loyihalar bo‘yicha bir qator takliflar taqdim etildi.

 Jumladan:

 M39b va 4R12 avtomobil yo‘llarida 6 dona zamonaviy piyodalar o‘tish yo‘llari;

 Toshkent viloyatida 2 dona, Andijon viloyati 2 dona tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqildi.

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari buyurtmalariga muvofiq jami 260 dan ortiq ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarda diagnostika ishlari olib borilib, tegishli xulosalari taqdim etildi.

Qurilish montaj ishlari

 “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri filiallari tomonidan III chorak yakuniga qadar:

 Investisiya dasturi doirasida jami 35 ta obyektda 290.0 mlrd. so‘mlik;

 Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish dasturi 20 ta obyektda 78.4 mlrd. soʻmlik;

 Ya’ni jami 79 ta obyektda 461.9 mlrd. soʻmlik qurilish montaj ishlarini bajardi.