$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy Osiyo mamlakatlarida demokratiya “orqaga qarab ketyapti”(mi?)

Demokratiya

Joriy yilning 28—30-yanvar kunlari Qozog‘istonda o‘tkazilgan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumida Yevropa Ittifoqi vakillari fuqarolik jamiyatining davlat boshqaruvidagi, iqtisodiy va siyosiy jarayonlardagi ishtirokini oshirish muhimligini ta’kidlagan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasida fuqarolik jamiyatining rolini oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Tashkilotning Qozog‘istondagi elchisi Aleshka Simkich ham hukumatlar bilan hamkorlik qatorida, aynan fuqarolik jamiyati faollari bilan ishlash muhimligini qayd etgan. Forumda mintaqa davlatlarida qonunchilik jarayonida faollar va nodavlat tashkilotlarning ishtiroki ortayotgani ta’kidlangan bo‘lsa-da, mintaqaning ba’zi davlatlarida mustaqil fuqarolik jamiyati hali shakllanmagani qayd etgan.

Turkmaniston va Qirg‘iziston 

Turkmaniston kabi yopiq davlatlarda fuqarolik jamiyati deyarli mavjud emas. Qirg‘izistonda esa so‘nggi yillarda demokratik jarayonlar orqaga ketmoqda. Bu mamlakat ilgari mintaqaning eng erkin davlati sifatida qayd etilgan bo‘lsa-da, hozirda fuqarolik jamiyatiga qarshi bosim keskin kuchaygan. Nodavlat tashkilotlarga xalqaro yordam olish masalasida cheklovlar qo‘yilayotgani va ular xorijiy agentlarga tenglashtirilayotgani Qirg‘iziston yo‘nalishi o‘zgarayotganidan dalolat beradi.

Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston

Tojikistonda esa fuqarolik jamiyatining ahvoli yanada murakkab. Mamlakatda o‘nlab faollar va jurnalistlar davlat to‘ntarishiga urinish hamda davlatga xiyonat ayblari bilan qamoqqa tashlangan. Shuningdek, Qozog‘iston ham fuqarolik jamiyatiga to‘liq erkinlik bergan davlat sifatida ko‘rilmaydi. Forum arafasida Olmatida 2022-yil yanvar voqealarida ishtirok etgan 44 kishiga sud hukmi o‘qildi. Ular ekstremizm va hokimiyatni egallashga urinishda ayblanib, turli darajadagi qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda fuqarolik jamiyati faollari, jurnalistlar va blogerlarga bosimlar muntazamlik kasb etgan. Ayniqsa, jamiyat fikriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan blogerlar hukumat uchun asosiy nishonga aylangan.

Теги :
Jamiyat