Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +6°

O‘zbekiston tarixidagi birinchi UFC jangchisi yangi promoushen bilan shartnoma imzoladi

Bu haqda sportchi bilan hamkorlik qilayotgan navbatdagi MMA tashkiloti ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tarixidagi birinchi UFC jangchisi yangi promoushen bilan shartnoma imzoladi

Mahmud Murodov yangi promoushen bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda sportchi bilan hamkorlik qilayotgan navbatdagi MMA tashkiloti ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida ma’lum qildi.

Yangi shartnoma

Murodov joriy yilning may oyi boshida UFC jangchilari safidan chetlatilgandi. Shu sabab, ligasiz qolgan o‘zbek sportchisi yangi promouterlik kompaniyasi bilan kelishuv imzolashga qaror qildi. Endi u Chexiya va Slovakiya hamkorligidagi Oktagon MMA promousheni jangchisi hisoblanadi. Hozircha Mahmud tashkilot bilan nechta jangga shartnoma tuzgani ma’lum emas.

Murodov va UFC

Ma’lumot o‘rnida, Mahmud Murodov 2019-yilda UFC jangchilari safiga qo‘shilgan. U tashkilotda jami 7 ta jang o‘tkazib, to‘qnashuvlardan 4 tasida g‘alaba qozongan, 2 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan. Murodov ishtirokidagi 1 ta jang esa o‘tkazilmagan, deb topilgan. Ta’kidlash joiz, Mahmud Murodov UFC’dagi faoliyatining oxirgi vaqtlarida mashhurroq jangchilarga qarshi bahslarni turli sabablarga ko‘ra bekor qilavergani bois, tashkilot uni a’zolikdan chetlatgandi. Biroq Murodov promoushenda yaxshigina nomga ega bo‘lgani uchun keyinchalik UFC uni yana o‘z jangchilari qatoriga qo‘shishi mumkin.