$
 12559.26
-59.37
 14413.01
-103.46
 160.17
-0.66
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

-

2025-yil 19-20-iyun kunlari Berlin va Dusseldorf shaharlarida to‘qqizinchi Germaniya-O‘zbekiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda “Mikrokreditbank” ATB rahbariyati ham faol ishtirok etib, forum doirasida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashni davom ettiruvchi muhim kelishuvga erishdi.

Mazkur kelishuv Germaniyaning yetakchi moliya institutlaridan biri - ODDO BHF Bank bilan imzolanishi forumning eng asosiy yutug‘i deya ta’kidlandi. Kelishuvga ko‘ra, “Mikrokreditbank” ATB O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 50 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ jalb qiladi. Bu mahalliy tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.

Biznes-forum davomida Mikrokreditbank delegatsiyasi qator yirik nemis banklari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Jumladan:

  • ODDO BHF bank
  • DZ bank
  • KfW Bankengruppe
  • AKA bank

Shuningdek, uchrashuvlar davomida savdoni moliyalashtirish, vakillik hisobvaraqlarini ochish va ularga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

“Mikrokreditbank” ATB xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini izchil amalga oshirishda davom etadi.

Reklama huquqlari asosida