$
 11783.47
-14.45
 13688.86
-51.0
 139.70
1.7
weather
+26
Кечаси   +14°

Uychida tadbirkorlarni qiynayotgan 30 dan ortiq muammolar o‘z yechimini topdi

mkb

Uychi tumanida tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni bevosita o‘rganish va ularga amaliy yechim topish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. “Bog‘” MFYda o‘tkazilgan uchrashuvda biznes vakillarining 30 dan ortiq murojaati ko‘rib chiqildi.

Tadbirkorlar qanday masalalarni ko‘tardi?

Muloqot davomida soliq, kadastr va yer munosabatlari, qurilish, bandlik, kredit ajratish hamda boshqa moliyaviy masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi. Tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammolarni tegishli tashkilotlar vakillariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazdi.

10 ga yaqin muammo joyida hal qilindi

Ko‘tarilgan murojaatlarning 10 ga yaqini uchrashuvning o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar bo‘yicha esa mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

Mas’ullar tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qildi

Ochiq muloqotda “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Ibrohim Mamadjonov, Uychi tumani hokimi Muzaffar Abdullayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Xodjiyev hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.

Reklama huquqlari asosida