$
 12778.12
78.98
 14931.23
83.4
 164.01
1.85
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“Bankir va mahalla”: Mikrokreditbank 332 mahallada kichik biznesni qo‘llab-quvvatlamoqda

10–11-iyul kunlari Xorazmda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Bankir va mahalla: bir maqsad, bir yo‘l” nomli timbilding tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Buxoro viloyatlaridan 150 nafarga yaqin mahalla bankiri va agentlari ishtirok etgan tadbirning asosiy maqsadi – bir-biridan o‘rganish, tajriba almashish va xizmat sifati ustida ishlash bo‘ldi.

Amaliy mashg‘ulotlar

Dastur davomida “Mission Mahalla” keys-o‘yini, “GAPIM BOR” anonim savollar qutisi, “1 g‘oya — 1 natija” sessiyasi kabi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, “Aholidan eng ko‘p tushadigan 3 ta savol” mavzusida interaktiv so‘rovnoma o‘tkazilib, aholining real ehtiyojlari tahlil qilindi.

To‘pchi mahallasi

Tadbirning ikkinchi kuni ishtirokchilar Bog‘ot tumanidagi To‘pchi mahallasiga tashrif buyurishdi. Mahalla bankiri va agentining faoliyati namuna sifatida tanishtirildi. Xususan, bu mahallada 344 mln so‘mlik kredit bilan 10 ta xonadon qo‘llab-quvvatlangan, 25 ta mikroloyiha orqali esa 50 ta ish o‘rni yaratilgan.

Ayollar bandligi uchun yangi imkoniyatlar

Shuningdek, 13 ta konteyner va mini futbol maydoni tashkil etilishi evaziga 25 nafar ishsiz ayol ish bilan ta’minlangan. “Nodira Tekstil 95” MCHJga ajratilgan 100 mln so‘m evaziga esa 10 nafar tikuvchi ishga olindi.

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 1 121 ta mahallaga 332 nafar bankir va shuncha agent biriktirilgan. Ular birinchi yarim yillikda 12 mingta plastik karta ochilishiga, 5,8 mlrd so‘mlik omonat yig‘ilishiga va 160,6 mlrd so‘mlik kreditlar ajratilishiga ko‘maklashgan.

Reklama huquqlari asosida