Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°

Toshkentda ota-ona qarovisiz qolgan voyaga yetmagan bolaga ijtimoiy yordam xizmati koʻrsatildi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ota-ona qarovisiz qolgan voyaga yetmagan bolaga ijtimoiy yordam xizmati koʻrsatildi

Aniqlanishicha, bola oʻgay onasining muttasil qiynoqlari va zulmiga chidolmay uydan chiqib ketgan.

Onasi boshqa erkak bilan turmush qurgan

Dastlabki oʻrganish ma'lumotlariga koʻra, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi B.I. ota-onasi 2012-yilda oilaviy kelishmovchiliklar sababli ajrashgandan soʻng otasining qaramogʻida boʻlgan. Biroz muddat oʻtganidan soʻng uning onasi boshqa turmush qurib, Turkiya davlatiga joʻnab ketgan.

O‘gay ona sabab uydan chiqib ketgan

Bolaning otasi ham boshqa ayolga uylangan. Oʻgay ona tomonidan voyaga yetmagan B.I.ga nisbatan doimiy davom etgan qiynoq va zulm bolaning oʻz uyidan chiqib ketishiga sabab boʻlgan.

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi

“B.I.ning qarovsiz qolishi natijasida uning ta'lim olishi, tarbiyasi izdan chiqib ketgani aniqlandi. Bu holat yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi voyaga yetmagan B.I. tahsil olayotgan maktab ma'muriyatidan xabar topib, bola Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi” – deyiladi agentlik xabarida.

Hozirda uning ruhiy holatini yaxshilash borasida tegishli mas'ullar tomonidan belgilangan tartibda amaliy ishlar olib borilmoqda.