$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Ilon Maskning boyligi ilk marta $300 milliarddan oshdi – “Bloomberg”

Tramp

Ilon Maskning boyligi “Tesla” kompaniyasi aksiyalarining o‘sishi hisobiga ilk bor $300 milliarddan oshdi, deya xabar bermoqda “Bloomberg”.

“Tesla” aksiyalarining o‘sishi hisobiga

“Tesla” aksiyalari 7%dan ko‘proqqa ko‘tarilib, 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida bir donasi $319ga yetdi, deb yozadi “Forbes”. Natijada kompaniyaning bozor kapitallashuvi 2022-yil aprelidan beri birinchi marta $1 trilliondan oshdi. 9-noyabr holatiga, “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari rahbarining boyligi $314 milliardga baholanmoqda.

Ikkinchi eng boy milliarder kim? 

“CNBC” nashrining ta’kidlashicha, Donald Trampning 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi dunyodagi o‘nta eng boy odam boyligining rekord darajada o‘sishiga olib keldi. Saylovning fonida “Tesla” aksiyalari bu hafta taxminan 27%ga oshgan. Hozirda “Bloombergning dunyoning eng badavlat kishilarining yangilangan reytingida ikkinchi o‘rinda “Amazon” asoschisi Jeff Bezos turibdi, uning boyligi $230 milliardga baholangan.

Kuchli uchlikni “Meta"asoschisi Mark Sukerberg $187 milliard bilan bilan yakunladi. Undan keyingi o‘rinni “Oracle” hammuassisi Larri Ellison $202 milliard boylik bilan egallagan bo‘lsa, kuchli beshlikni “Louis Vuitton Moet Hennessy” rahbari va egasi Bernard Arno $172 milliard boyligi bilan yakunladi.

Maskning boyligi bir kunda $26,5 milliardga oshdi

Umuman olganda, milliarderlarning boyligi $64 milliardga oshdi, bu “Bloomberg Billionaires Index” 2012-yilda ishga tushirilganidan beri eng katta kunlik o‘sish bo‘ldi. Ro‘yxatda yetakchilik qilayotgan Ilon Mask $26,5 milliardga boyidi, uning umumiy boyligi esa bir kunda 10%dan ortiqqa ko‘payib, $290 milliardga yetdi. “Tesla” aksiyalari 15%ga qimmatlab, har bir aksiya uchun $288,5ga yetdi — bu 2022-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi qog‘ozlarining yillik o‘sishi 32%dan ortiqni tashkil etdi.

Ilon Mask Donald Tramp prezidentlik kampaniyasining eng yirik homiysi

Ilon Mask Donald Tramp prezidentlik kampaniyasining eng yirik homiylaridan biri bo‘lib, siyosatchining o‘zi milliarderni samaradorlik bo‘yicha hukumat komissiyasi rahbari etib tayinlashga va’da bergan.

Asosiy foyda oluvchilar ro‘yxatida keyingi o‘rinlarda “Amazon” asoschisi Jeff Bezos va “Oracle” hammuassisi Larri Ellison turibdi. Bu Amerika fond bozorining sezilarli darajada ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda “S&P 500” indeksi 2,5%ga oshgan.