$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Malayziya bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilinadi

positive

Malayziya xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlarini boshqarishda tajriba almashish maqsadida O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi.

Tomonlar uchun muhim uchrashuv

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Malayziya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Semenix” xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi rahbari Mohd Rozi bin Xassan bilan uchrashdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston dunyoning 90 dan ortiq mamlakat fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirgan hamda elektron viza tizimi joriy etgan.

Vizasiz rejim

Malayziyaga kirish uchun dunyoning 150 dan ortiq mamlakat fuqarolariga, shu jumladan o‘zbekistonliklar uchun 30 kungacha vizasiz rejim amal qilmoqda.

“2023-yilda Malayziyaga 29 million xorijiy fuqarolar turli maqsadlarda kelgan. Biroq, chet elliklar tomonidan Malayziyada bo‘lib turish qonun-qoidalarini buzish holatlari ham uchramoqda. O‘zbekistonliklar Malayziya migratsiya tartib-qoidalariga rioya qilmoqda va xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q”, — dedi Mohd Rozi bin Xassan.

Tajriba almashish

Malayziya tomoni, shuningdek, xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlarini boshqarish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonning vakolatli organlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv davomida diplomatik missiya va mazkur muassasa o‘rtasida tegishli masalalar bo‘yicha yaqin aloqalarni o‘rnatish, O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda huquqiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha kelishib olindi.

Теги :
Jamiyat