$
 12692.42
100.85
 14511.24
-34.54
 158.44
4.62
weather
+26
Кечаси   +14°

Latviya endi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun kvotalar sonini belgilamaydi

Migrant

Latviya endi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun kvotalar sonini belgilamaydi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonlik migrantlarga Latviyada munosabat ijobiy

Rigada agentlik, Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi mas’ullaridan iborat delegatsiya bilan Latviya Farovonlik vaziri Uldis Augulis o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. 

Unda o‘zbekistonlik ishchi kuchiga Latviyada munosabat ijobiy ekanligi ta’kidlandi. Hozirda mamlakatda 4 mingdan fuqarolar mehnat faoliyatini olib bormoqda va tomonlar ular sonini oshirish istagini bildirdilar.

Kvota belgilanmaydi. Bu nima degani?

Ma’lumot uchun, ko‘pgina xorijiy davlatlar migrantlar uchun maxsus kvotalar belgilaydi, ya’ni chet ellik ishchilar soniga cheklov qo‘yadi. Oldin Latviyada ham O‘zbekiston fuqarolari ma’lum kvota doirasida ish topishi mumkin bo‘lgan. Yangi tartib bilan o‘zbekistonliklar Latviyaga bemalol, kvotasiz borib ishlashlari mumkin bo‘ladi.

2025-yilda 400 nafar haydovchi ishga joylashtiriladi

Bundan tashqari, Latviya Ichki ishlar vazirligining Parlament kotibi Igor Rayevs va vazirlik mas’ullari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdagi ishlarga xavfsiz va tashkillashtirilgan tarzda jalb qilish, ularning huquqlarini himoyalash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Latviyaning “Kreiss” logistika kompaniyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralarda fuqarolarni tashkiliy tartibda ishga joylashtirishga kelishildi.

O‘zbekistonda kompaniyaning yuk avtotransporti haydovchilarini tayyorlov o‘quv markazlarini tashkil etish hamda 2025-yilda 400 nafar haydovchini ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

3 ming nafar xodimga ega “Kreiss” 2024-yilda 215 mingta xalqaro yuk tashishni amalga oshirgan. Kompaniyaning 1 500 ta avtotrakdan iborat avtoparki mavjud.

Avvalroq Polsha va Germaniyada o‘zbekistonlik migrantlarga talab oshayotgani va mavjud vakansiyalar haqida xabar bergan edik.

Теги :
Jamiyat