$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Moskva jinoyatchilikka qarshi qanday kurashmoqda?

migratsiya noqonuniy migrantlar

Moskva shahar hokimi Sergey Sobyanin Moskva shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining kengash yig‘ilishida ishtirok etib, poytaxtdagi migratsiya sohasidagi amalga oshirilgan ishlar natijalari haqida malumot berdi.

900 ming xorijiy fuqaro biometrik nazoratdan o‘tkazilgan

Sergey Sobyaninning ta’kidlashicha, Rossiya poytaxtida terrorizm va ekstremistik harakatlar bilan bog‘liq tahdidlar davom etmoqda. Moskva merining ma’lum qilishicha, hozirga qadar 900 ming xorijiy fuqaro biometrik nazoratdan o‘tkazilgan va barmoq izlari, fotosuratlarini taqdim etgan.

Qolaversa, migrantlarga taxminan millionta elektron karta berilgan. Ushbu kartalarda migratsiya qaydi, muhojirning maqomi, patentning mavjudligi, Rossiyaga kelish sanasi haqida barcha zaruriy ma’lumotlar kiritilgan.

Jinoyatchilik ko‘rsatkichlari pasaymoqda

Moskva shahrida talonchilik hujumlari 27,8% ga, tovlamachilik 21,7% ga, o‘g‘irliklar 15,9% ga qisqargan. Uylarga o‘g‘irlikka tushish holatlari 25,1% ga, jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar soni 15% ga kamaygan.

Sobyaninning ta’kidlashicha, huquqni muhofaza qilish organlari uchun asosiy muammolardan biri axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar hisoblanadi. Ular hozirda poytaxtdagi barcha jinoyatlarning deyarli yarmiga teng. O‘tgan yil davomida 18 mingga yaqin jinoyat fosh etilib, 8120 nafar jinoyatchi aniqlangan.

Теги :
Jamiyat