$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda doimiy yashash uchun O‘zbekistonga qancha xorijlik ko‘chib keldi?

migratsiya

2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga ko‘chib kelgan va ketgan aholining umumiy dinamikasi haqida so‘z yuritsak, xorijiy mamlakatlardan doimiy yashash maqsadida kelayotganlar soni ancha ko‘paygan.

O‘zbekistonni kimlar tanlayapti?

Statistikaga ko‘ra, ushbu davr mobaynida xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga ko‘chib kelayotganlarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, ular jami xorijdan ko‘chib kelganlarning 37,8% ni tashkil etadi (656 kishi). Keyingi o‘rinlarni quyidagi davlatlar egallagan:

  •    Qozog‘iston Respublikasi: 24,7% (428 kishi)

  •    Tojikiston Respublikasi: 10,0% (173 kishi)

  •    Qirg‘iz Respublikasi: 6,2% (108 kishi)

  •    Turkmaniston Respublikasi: 2,5% (44 kishi)

  •    Boshqa mamlakatlar: 18,8% (327 kishi)

Migratsiyaning asosiy sabablari

   1.  Iqtisodiy imkoniyatlar: Mamlakatda yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va xorijiy investitsiyalarning oshishi O‘zbekistonni migratsiya uchun qiziqarli tanlovga aylantirgan.

   2.  Diydor: Ayrim ko‘chib keluvchilar o‘z oila a’zolari bilan birlashish maqsadida kelmoqda.

   3.  Barqaror siyosiy muhit: Xavfsizlik va barqarorlik mintaqadagi boshqa davlatlarga qaraganda O‘zbekistonda yuqori baholanadi.