$
 12422.90
-37.8
 14457.77
-87.61
 154.30
-0.76
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonliklar uchun xorijda 154 ming boʻsh ish oʻrni mavjud

xorijda ish

Joriy yilning 9 oyida xorijdagi yurtdoshlarimizning 1 037 nafarigaTashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan bir martalik moddiy yordam berildi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda aytib oʻtildi.

Xorijga ish – mahalladan

Shuningdek, agentlik xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni aniqlash va ular bilan manzilli ishlashning yangi, ya’ni “Xorijga ish – mahalladan” tizimi asosida 125 mingdan ortiq fuqaroning (Rossiya, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Germaniya, Polsha, Belarus, Latviya, Litva, Xorvatiya, Yaponiya, BAA, Serbiya, Ruminiya, Slovakiya va boshqa davlatlar) xorijiy davlatlarga tashkiliy va manzilli tartibda ishga joylashishiga ko‘maklashdi. 

Xorijdagi yurtdoshlarimiz qanday qoʻllab-quvvatlanmoqda?

Xorijdagi hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlarga qarasak, 193 mingdan ortiq fuqaroga axborot va maslahat xizmati, 4357 nafar fuqaroga huquqiy, 12 962 nafar fuqaroga ijtimoiy, 2 238 nafar fuqaroga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. 

Shuningdek, xorijdagi yurtdoshlarimizning 1 037 nafariga bir martalik moddiy yordam berildi, 127 nafari vaqtincha yashash joylariga joylashtirildi, og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan 662 nafari esa O‘zbekistonga olib kelindi. 

Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari aralashuvi bilan 1 208 nafar yurtdoshimiz ish beruvchilaridan 508 ming AQSH dollariga yaqin ish haqlari undirib berildi. 

Xorijdagi boʻsh ish oʻrinlari

Bugungi kunda Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Litva, Buyuk Britaniya, Polsha, Latviya, Yaponiya, Ruminiya kabi davlatlarda tibbiyot, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qurilish, qishloq xo‘jaligi, yuk avtomobil haydovchisi, payvandlash, elektrik, IT kabi sohalar bo‘yicha 154 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari aniqlangan. Masalan, Germaniyaning 25 ta ish beruvchi tashkiloti bilan 60 mingga yaqin fuqaroni tibbiyot, haydovchilik, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri va Ausbildung (dual ta’lim) asosida ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ularga o‘rtacha 2 100 AQSH dollari ish haqi taklif qilinmoqda. 

Britaniyada tibbiyot yo‘nalishida 10 ming va mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga 3 ming ish o‘rniga talabnoma olingan. Ish haqi 2 500 AQSH dollari. 

Litva, Latviya, Polsha, Bolgariya va Yevropaning boshqa davlatlariga 26 mingdan ortiq fuqaroni yuk avtomobili haydovchisi, ishlab chiqarish, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalariga ishga yuborish bo‘yicha loyihalari amalga oshirilmoqda. Ularga o‘rtacha 1 400 AQSH dollari ish haqi taklif qilinmoqda. 

Bu yil ilk marotaba Janubiy Koreyaga ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, qurilish, kemasozlik, tog‘-konchilik va o‘rmonchilik sohasiga 13 700 ish o‘riniga kvota olindi. Oylik ish haqi o‘rtacha 2 000 AQSH dollari. Bu 2022-yilga nisbatan 6 baravar, 2023- yilga nisbatan 1,5 baravarga ko‘p. 

Ushbu bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha xorijiy tillarni biladigan hamda malakaga ega nomzodlar o‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki mahalladagi hokim yordamchilari orqali murojaat qilishlari mumkin.