$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada migrantlarning bolalari uchun ta’lim pulli qilinishi mumkin

school

Rossiyada migrantlarning farzandlari uchun ta’limni pullik qilish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Bunga ta’lim muassasalarida migrantlarning bolalari ko‘payayotganligi va natijada rus o‘quvchilarning o‘qishi pasayayotganligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Bu haqda “Кровавая барыня” nashri xabar berdi.

Ta’lim muassasalarida MDHdan kelgan migrant bolalar ko‘paygan

Ma’lum bo‘lishicha, tegishli qonun loyihasini Davlat dumasiga ko‘rib chiqish uchun LDPR fraksiyasi kiritadi. Unga ko‘ra, chet el fuqarolari maktab va bog‘chalarda faqat tijorat asosida o‘qishlari mumkin bo‘ladi.

Amaldagi qonunga ko‘ra, migrantlarning farzandlari rossiyaliklar bilan teng ravishda bepul ta’lim olishadi (maktabgacha, boshlang‘ich, asosiy va o‘rta umumiy/kasbiy ta’lim).

So‘nggi yillarda esa ta’lim muassasalarida ayrim MDH va Markaziy Osiyo davlatlaridan migrant bolalar ko‘paygan.

“Bolalar rus tilini yomon o‘zlashtiryapti”

Ushbu tashabbus muallifi — Dumaning Mehnat va ijtimoiy siyosat bo‘yicha qo‘mita raisi Yaroslav Nilovning ta’kidlashicha, ularning “nazoratsiz” ravishda ko‘payishi butun sinfning o‘zlashtirish darajasini pasaytiradi, chunki bolalar rus tilini yomon o‘zlashtiryapti.

Shuningdek, bu joylarning yetishmasligiga olib keladi (mamlakat bo‘ylab taxminan 900 ming), ayniqsa yangi va faol ravishda qurilayotgan hududlarda.

O‘qituvchilarda yuklama oshgan, rus o‘quvchilar yomon o‘qishmoqda

Xususan, ayrim hududlardagi maktablarda migrant bolalar soni 30-40% ga yetyapti. O‘qituvchilarga yuklama oshgan, ular me’yoridan 1,5-2 barobar ko‘proq ishlashga majbur bo‘lishyapti.

To‘lgan sinflarda o‘qituvchiga bunday bolalar bilan alohida ishlash uchun vaqt ajratish qiyin bo‘lib qolyapti. Oqibatda bu rossiyalik bolalarning o‘qish jarayonini sekinlashtiradi.