Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°

Rossiyada noqonuniy migratsiya faoliyatini tashkil qilgan o'zbekistonlik opa-singillar qo'lga olindi

Bir yil davomida ayollar xorijliklarni qalbaki hujjatlar yordamida ro‘yxatdan o‘tkazgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada noqonuniy migratsiya faoliyatini tashkil qilgan o'zbekistonlik opa-singillar qo'lga olindi

Opa-singillarga noqonuniy migratsiyani tashkil etish va firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg’atilgan.

Qalbaki hujjatlar blankalari, shtamplar, 3,5 million rubldan ortiq pul…

Vladivostokda (Rossiya) o‘zbekistonlik ikki opa-singil tomonidan tashkil etilgan noqonuniy migratsiya faoliyatiga chek qo‘yildi.

“Politsiya Rossiya Milliy gvardiyasi ko‘magida opa-singillarni topib hibsga oldi. Tintuv chog‘ida qalbaki hujjatlar blankalari, shtamplar, 3,5 million rubldan ortiq pul va yarim kilogramm zargarlik buyumlari musodara qilindi”, - deyiladi xabarda.

Pul evaziga turmush qurgan ayollar

Bir yil davomida o‘zbekistonlik ayollar xorijliklarni pul evaziga ro‘yxatga olish uchun qalbaki hujjatlardan foydalangan.

Shuningdek, ularning chet elliklarga 30 mingdan 70 ming rublgacha bo‘lgan to‘lov evaziga rasman turmush qurishga rozi bo‘lgan Rossiya pasportiga ega ayollarni qidirishda ishtiroki aniqlangan.

“Hozirda rus ayollarining xorijliklar bilan nikohlarini soxta ro‘yxatga olishning uchta holati aniqlandi”, — deyiladi nashrda.

Opa-singillarga 7 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 322.1-moddasi 2-qismi (noqonuniy migratsiyani tashkil etish) va 159-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘zbek ayollari 7 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.