$
 11993.53
40.8
 14054.02
32.27
 158.52
-0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyadagi o‘zbek migrantlari soni keskin kamaydi

migrantlar kamaydi

Bugungi kunda Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlari soni 1 million nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Bir xil ma’lumot

Uning bildirishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifida ikki davlat rahbari mehnat muhojirlarining umumiy soni bo‘yicha bir xil ma’lumotni aytdi — bugungi kunda Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik migrantlari soni bir million nafarga teng.

6 millionga yaqin muhojir mehnat qilar edi

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, Rossiyada 2016-yilgacha o‘rtacha 4 milliondan ortiq, hatto 6 millionga yaqin muhojir mehnat qilar edi.

“Bu degani agar 2016-yilgacha eng kam statistikani, ya’ni 4 millionni oladigan bo‘lsak ham, kamida 3 million muhojirimiz yurtimizga qaytdi. Mana shu ko‘rsatkichning o‘zi ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasini ko‘rsatadi, deb bilaman”, — dedi Asadov.

Qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish masalasi

Eslatib o‘tamiz, 10-may kuni prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida 2024-yilning yanvar-mart oylarida mehnat migratsiyasidan 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar fuqaro qaytib kelgani ma’lum qilingandi. Yil oxirigacha yana 250-300 ming kishi qaytishi prognoz qilinmoqda. Qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Теги :
Jamiyat