Yil oxirigacha 250-300 ming mehnat migrantlari O‘zbekistonga qaytishi mumkin
Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi
Shavkat Mirziyoev raisligida mahalliy sanoat tarmogʻidagi ichki imkoniyatlarni safarbar etish orqali aholini ishli va daromadli qilish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Prezident ogohlantirdi
Prezident bandlik va aholi daromadi masalasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta'kidlab, bu borada oqsoqlikka yoʻl qoʻyib boʻlmasligi haqida barcha darajadagi rahbarlarni ogohlantirdi.
115 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasidan qaytgan
Yana bir muhim masala – tartibli va xavfsiz mehnat migratsiyasi.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida mehnat migratsiyasidan 58 ming nafar, aprelda 57 ming nafar fuqaro qaytib kelgan. Yil oxirigacha yana 250-300 ming nafari qaytishi prognoz qilinmoqda. Videoselektorda chet eldan qaytgan migrantlarni ishga joylashtirish, ijtimoiy masalalariga koʻmaklashish muhimligi ta'kidlandi.
Topshiriqlar berildi
Prezident mutasaddilarga migratsiya boʻyicha yagona axborot platformasini yaratib, “mahalla yettiligi” tizimi bilan integratsiya qilish, xorijda mehnat qilayotgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarga koʻmaklashish, qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Muhokama qilingan vazifalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.



