$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya mehnat muhojirlariga 30 foizgacha daromad solig‘ini joriy qilmoqchi

Mehnat muhojirlari

Rossiyada migrantlar uchun shaxsiy daromad solig‘ini 30 foizgacha oshirish taklif qilinmoqda. Bunday qonun loyihasi Davlat Dumasiga taqdim etish uchun Leonid Slutskiy boshchiligidagi LDPR fraksiyasi tomonidan tayyorlangan. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar bermoqda.

O‘tgan yili 2 milliondan ortiq mehnat muhojilari ishlash uchun ruxsatnoma olgan

Unga ko‘ra, qonun loyihasining konsepsiyasi xorijiy fuqarolarga nisbatan soliq tizimining asosiy parametrlarini qayta ko‘rib chiqish va ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilish uchun Rossiya Federatsiyasi budjet tizimining daromadlarini oshirish zarurligiga qaratilgan.

Ta’kidlanishicha, birgina 2022-yil davomida Rossiya Federatsiyasida ishlash uchun ruxsatnoma olgan xorijiy fuqarolar soni 2 164,6 ming kishini tashkil etgan, ulardan 2 035 000 nafari mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun apatentga ega bo‘lgan. 2023-yilda ham shunday ko‘rsatkich qayd etilgan.

Mehnat muhojirlari ham Rossiya fuqarolari bilan birdek soliq to‘lashi kerak

“Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksining 224-moddasi 3-bandiga muvofiq, Rossiyada soliq rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslar tomonidan olingan barcha daromadlar uchun 30 foiz soliq stavkasi nazarda tutilgan. Patent asosida haq to‘lanadigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan chet el fuqarolarining daromadlari ushbu me’yorning talablariga rioya qilmaydi”, — deya qayd etishgan qonun loyihasi mualliflari va buni tuzatishni taklif qilishgan.

“Ko‘plab xorijliklar Rossiyaga ishlash uchun kelishmoqda. Muhojirlarning deyarli uchdan ikki qismi patent asosida yollanma ishchi sifatida ishlaydi va ular topgan pullarini xorijdagi oilalariga jo‘natishadi. Ammo biz chet ellik muhojirlarning daromadi Rossiya budjeti uchun ishlashi kerak, deb hisoblaymiz”, — deydi Leonid Slutskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya budjetini qo‘shimcha daromadlar bilan to‘ldirish imkonini beradi.

Mazkur qonun loyihasi 5-avgust kuni tasdiqlash uchun hukumatga yuborilgan.

Migratsiya qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha 18 ta tashabbus

Avvalroq, 24-iyul kuni Rossiya Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko ilgari Davlat Dumasiga yuborilgan migratsiya qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha 18 ta tashabbusni sanab o‘tgan edi. Xususan, Tergov qo‘mitasi Rossiya hududida noqonuniy bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etganlik uchun jazoni kuchaytirishni, Rossiya fuqaroligini olishning tugatilishiga olib keladigan jinoyatlar ro‘yxatini kengaytirishni va chet el fuqarolarini javobgarlikka tortishni taklif qilgan. Shuningdek, Rossiya davlat chegarasini kesib o‘tishda majburiy barmoq izlari va genomik ro‘yxatdan o‘tishni joriy qilish taklif qilingan edi.

Теги :
Jamiyat