Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°

Rossiyaning migrantbop shahri mehnat muhojirlari uchun yopilmoqda

Shahar gubernatori kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish maqsadida ish beruvchilarga talabalar bilan hamkorlik qilish taklifini ilgari surgan.

2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning migrantbop shahri mehnat muhojirlari uchun yopilmoqda

Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida 2025-yildan boshlab xorijiy ishchi kuchlariga ish berish toʻliq taqiqlanadi. Bu haqda 4-dekabr kuni Krasnodar gubernatori Veniamin Kondratyev toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot chogʻida maʼlum qildi. Bu haqda “Kubanʼ 24” xabar berdi.

Kadr masalasida talabalar bilan hamkorlik qilish taklifi

Maʼlum qilinishicha, gubernator kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish maqsadida ish beruvchilarga talabalar bilan hamkorlik qilish taklifini ilgari surgan.

“Viloyat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida kadrlar taqchilligi kuzatilmoqda. 2025-yildan boshlab biz chet ellik ishchi kuchini toʻliq taqiqlaymiz. Ish beruvchilar mintaqada tahsil olayotgan kollej oʻquvchilarini ish bilan taʼminlashi kerak”, deydi gubernator jonli efirdagi nutqida.

Krasnodarda qaysi mutaxassisga talab yuqori?

Hozirda Krasnodar oʻlkasida muhandislar, mexaniklar, agronomlar, oshpazlar, betonchilar, traktorchilar, elektrchilar, payvandchilar va tikuvchilarga boʻlgan talab yuqori boʻlib turibdi.

Avvalroq, Rossiyaning Tver viloyatida 2025-yildan boshlab chet el fuqarolari ishlay olmaydigan iqtisodiyot sohalari roʻyxati ikki baravarga kengaytirilgan edi.

Maʼlumot uchun, 2024-yilda chet ellik ishchilardan foydalanish 36 ta iqtisodiy faoliyat turida taʼqiqlangan boʻlsa, 2025-yilda bu koʻrsatkich 82 taga yetkazilishi maʼlum qilingan.

Mehnat migrantlari uchun cheklovlar

Yaqinda Rossiyaning Tver viloyatida 2025-yildan boshlab chet el fuqarolari ishlay olmaydigan iqtisodiyot sohalari ro‘yxati ikki baravardan ham ko‘proqqa kengaytirilishi haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, 2024-yilda chet ellik ishchilardan foydalanish 36 ta iqtisodiy faoliyat turida taqiqlangan bo‘lsa, kelgusi yilda bu ko‘rsatkich 82 taga yetkaziladi.

Ta’kidlanishicha, iqtisodiy faoliyatning 52 turi bo‘yicha to‘liq taqiq joriy etiladi, 30 tasida esa ayrim kasblarga cheklovlar qo‘yiladi.