O‘zbekistonlik migrant Rossiyada sobiq sevgilisining qizini zo‘rladi
Voqea Yekaterinburg shahrida yuz bergani aytilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘zbekistonlik migrant o‘zining sobiq sevgilisining 22 yoshli qizini zo‘rladi.
Sobiq sevgili
Ma’lumotlarga qaraganda, voqea shu yilning 2-may kuni sodir bo‘lgan. 1995-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi sobiq sevgilisining uyiga ruxsatsiz bostirib borgan.
Jilovsiz nafs
Shu paytda sobiq sevgilisining qizi uyda yolg‘iz uxlayotgan bo‘lgan. Shundan so‘ng erkak qizning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab uni zo‘rlagan.
Ayblanuvchi ovqatlanayotgan paytda jabrlanuvchi qiz qochishga muvaffaq bo‘lgan va politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.
“Ammo otryad yetib kelgan paytda erkak voqea joyini tark etgan edi. Qidiruv ishlari davomida gumonlanuvchi vokzalda qo‘lga olingan. O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya tomonidan Jinoyat kodeksining “zo‘rlash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deb xabar qilinmoqda.
Shu bilan birga, ayblanuvchi avval ham avtomashina o‘g‘riligi uchun sudlanganligi aniqlangan.



