$
 12158.59
-39.69
 14238.92
-2.57
 157.88
1.31
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada qurilish maydonida o‘zbekistonlik erkakning murdasi topildi

qurilish

Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Yaninodagi qurilish maydonida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda 47news nashri xabar berdi.

Fojia qanday sodir bo‘ldi?

2-fevral kuni tushdan so‘ng Vsevolojsk tumani politsiyasiga Tyulpanova ko‘chasida joylashgan qurilish maydonida o‘zbekistonlik ishchining jasadi topilgani haqida xabar kelib tushgan. Marhumning jasadi 16-qavatdan topilgan. Aniqlanishicha, u ushbu qurilish obyektida oddiy ishchi (raznorabochiy) sifatida ishlagan, biroq rasman ro‘yxatdan o‘tmagan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda

O‘zbekiston fuqarosining qanday sharoitda vafot etgani hozircha noma’lum. Hozirda rasmiy idoralar hodisaning tafsilotlarini o‘rganmoqda va tibbiy ekspertiza o‘lim sabablarini aniqlashi kutilmoqda.

Avvalroq, xuddi shu viloyatning Kingisepp tumanida 42 yoshli o‘zbekistonlik migrant gazni qayta ishlash zavodida metall konstruksiyalarni o‘rnatish vaqtida 30 metr balandlikdan qulab tushib, halok bo‘lgandi.

O‘tgan yilda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirgan 483 nafar o‘zbekistonlikning jasadi O‘zbekistonga olib kelingani, ularning 474 nafari Rossiyadan qaytarilgani haqida xabar bergan edik.

Теги :
Jamiyat