$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir yilda 483 jasad vatanga qaytarildi: Ularning 98 foizi Rossiyadan olib kelingan

mayit

O‘tgan yilda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirgan 483 nafar o‘zbekistonlikning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi. Ularning 474 nafari Rossiyadan, qolganlari Turkiya, Koreya va Qozog‘istondan qaytarilgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbariyati 17-yanvar kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Jasadlarni qaytarish xarajatlari davlat byudjetidan qoplanadi

Migratsiya agentligi boshqarma boshlig‘i Nigora Isroilovaning ma’lumotiga ko‘ra, xorijda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini qaytarish xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. Xarajatlar qaysi davlatdan qaytarilishiga bog‘liq holda o‘zgaradi:

 Rossiyadan jasad qaytarish uchun 1 000 AQSH dollari sarflansa,

 Angliyadan 4-5 ming dollar,

 Yaponiya yoki Koreyadan 9-10 ming dollargacha mablag‘ kerak bo‘ladi.

“O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsa, bo‘ldi. Qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, murojaat qilinsa, jasad vataniga qaytariladi”, — dedi Isroilova.

Xorijga ketuvchilar ko‘paymoqda

Shu bilan birga, xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar soni yildan yilga kamaymayotgani ta’kidlandi. 2024-yil boshida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganlar soni 1,9 million nafar bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 1,34 million atrofida. Aksariyat hududlarda xorijdan qaytganlar soni ortib borayotganiga qaramasdan, ketuvchilarning oqimi ham kamaygani yo‘q.

Hisobot yilida 162 ming fuqaro Migratsiya agentligi va xususiy bandlik agentliklari orqali xorijiy davlatlarga ishga yuborilgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 4 baravar ko‘p.

Rossiya — eng xavfli yo‘nalishmi?

Ta’kidlash joizki, 483 jasadning katta qismi, ya’ni 474 tasi Rossiyadan, qolganlari Turkiya, Koreya va Qozog‘istondan qaytarilgan. Bu Rossiya hali ham o‘zbekistonlik migrantlar uchun eng xavfli mamlakatlardan biri bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi. Turli omillar, xususan, xavfsizlik sharoitlarining yetishmasligi, mehnat sharoitlarining qoniqarsizligi, shuningdek, tibbiy yordam olishdagi muammolar migrantlar o‘limiga sabab bo‘lib kelmoqda.

Ma’lumot uchun

Ilgari ham O‘zbekistonga xorijda vafot etgan yurtdoshlarining jasadlari qaytarilgan holatlar kuzatilgan. Masalan, 2022-yilda 518 nafar, 2021-yilda esa 500 dan ortiq o‘zbekistonlikning jasadi vatanga qaytarilgan. 2020-yilning aprel oyida esa Rossiyada turli baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etgan 17 nafar fuqaro jasadi mamlakatga qaytarilgan edi.

Теги :
Jamiyat