$
 12965.34
-14.82
 14525.07
-81.5
 161.34
-0.29
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

AQSHda vaqtincha yashash imkonini beruvchi koʻplab dasturlar toʻxtatilmoqda

AQSh vizasi

AQSH Ichki xavfsizlik vazirligining Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) bo‘limi immigrantlarga mamlakatda vaqtincha yashash imkonini beruvchi bir qator dasturlarni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda USCIS mulozimi tomonidan elektron pochta orqali yuborilgan farmoyishga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.

Dasturlar hajmi juda katta

Nashrning yozishicha, farmoyish dasturlar bo‘yicha “so‘nggi qarorlar”ni zudlik bilan qabul qilishni talab qiladi. 

Shu bilan birga, ma’muriyat ularni ko‘rib chiqib, bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilmoqda. Nashrga ko‘ra, hujjatda tilga olingan dasturlar hajmi juda katta.

 “Ukraina uchun birlashuv”

Bu qaror, xususan, moliyaviy homiylari bor ukrainaliklarga vaqtinchalik maqomda AQSHga kirish imkonini bergan asosiy tashabbus – “Ukraina uchun birlashuv” (Uniting for Ukraine) dasturiga tegishli. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil sentyabriga qadar ushbu dastur orqali AQSHga 150 mingdan ortiq ukrainaliklar kirgan.

Shuningdek, Vashington Venesuela, Gaiti, Nikaragua va Kubadan kelgan 500 mingdan ortiq muhojirlarga homiylar bilan AQSHga vaqtincha kirish imkonini bergan dasturini to‘xtatmoqda. 

Har qanday gumanitar immigratsiyaga nisbatan dushmanona munosabat

Bundan tashqari, farmoyish AQSHda oilalar birlashishini ta’minlashga qaratilgan va Markaziy Amerikadan bo‘lgan, AQSHda qarindoshlari bor voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan dasturlar bo‘yicha arizalar qabul qilishni ham to‘xtatadi.

Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Yevropada qochqinlar masalalari bo‘yicha xalqaro byuro direktori Yael Shaxer vaqtincha kirish dasturlarini to‘xtatishni chegarada boshpana berishni va qochqinlarga yordam dasturini to‘xtatishga teng, deb atadi.

“Bu ma’muriyatning har qanday gumanitar immigratsiyaga nisbatan dushmanona munosabatidan darak beradi”, deydi u.



Теги :
Jamiyat