“Migrantlar bilan yashash Rossiya fuqarolari bilan yashashdan xavfsizroq”
Rossiya parlamentining quyi palatasi a'zosi, deputat Yevgeniy Fyodorov migrantlarning zarurligi va foydaliligi haqidagi fikrlari uchun rossiyaliklar tanqidiga uchradi.
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya parlamentining quyi palatasi a'zosi, deputat Yevgeniy Fyodorov migrantlarning zarurligi va foydaligi haqidagi fikrlari uchun rossiyaliklar tanqidiga uchradi. U, mamlakatimizda ko‘p sonli migrantlarning mavjudligiga qarshi chiqish orqa frontga qarshi harakatga teng ekanligini ta'kidlab, ularni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirdi.
Migrantlarga qarshi har qanday harakat “orqa frontni zaiflashtiradi”
Shuningdek, u bir intervyuda, mehnatsevar o‘zbeklar, tojiklar va boshqa Osiyo respublikalaridan kelgan migrantlarning zarurligi haqida gapirar ekan, shunday dedi:
“Kuryerlar bo‘lmay qoladi deb aytishadi. Lekin, odamlar och qolsa, albatta kuryer chaqirishadi. Shunchaki, kuryer harbiy zavodni tashlab ketadi, chunki bozorda kuryer sifatida ko‘proq maosh oladi. Masalan, harbiy zavodda uning maoshini ko‘tarish uchun byudjetdan mablag‘ ajratiladi va 200 ming beradi. Ammo kuryer bo‘lib, u 300 ming oladi, chunki unga talab bor. Aholining kolbasa va non olib kelish uchun kuryerga pul berishga tayyorligi tufayli, uning xizmati qimmatroq bo‘ladi. Shuning uchun, migrantlarga qarshi kurash orqa frontni zaiflashtirishga tengdir”, — dedi deputat.
Fyodorov migrantlarga qarshi har qanday harakatni “orqa frontni zaiflashtirish” deb baholadi va ular iqtisodiy tizim uchun muhimligini qayta-qayta ta’kidladi.
Migrantlar bilan yashash xavfsizroqmi?
Deputat migrantlar jinoyat sodir etishda rossiyaliklardan kamroq ishtirok etishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar bilan yashash xavfsizroq, chunki ular jinoyatga kam qo‘l uradi. Fyodorov migrantlarning jinoyatlari soni Rossiya fuqarolari bilan solishtirganda sakkiz barobar kamligini ular bilan yashash xavfsizroq ekanligini taʼkidladi.
Ammo bu fikrlar ko‘pchilikni ishontirmadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil davomida migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan 25%ga oshgan. Zo‘rlash holatlari esa 40%ga ko‘paygan. Shu sababli, ijtimoiy tarmoqlarda Fyodorovning fikrlari keskin tanqid qilindi.
Fyodorovga migrantlar bilan yashab koʻrish tavsiya qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik deputatni migrantlar yashaydigan hududlarda yashab ko‘rishga chaqirdi. Bir telegram-kanalda shunday fikr bildirildi:
“Deputatlar va mansabdor shaxslarni faqat migrantlar yashaydigan hududlarga ko‘chirish kerak. Ammo ular nega doim markazga yaqin joylarda, migrantlar kam bo‘lgan xavfsiz hududlarda yashashni afzal ko‘rishadi? Nega farzandlarini migrantlar bolalari o‘qiydigan maktablarga yuborishmaydi? Bularning barchasi savol tug‘diradi.”
Ba’zilarning fikricha, Fyodorov migrantlarni himoya qilib, oddiy xalq emas, balki katta biznes manfaatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Katta kompaniyalar arzon ishchi kuchi sifatida migrantlarga muhtoj, bu esa mahalliy aholiga ish imkoniyatlarini qisqartirishi mumkin.



