Rossiya migrantlarga yashash ruxsatnomasi va fuqarolik berishni taqiqlashi mumkin
Rossiyada migrantlarga vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi va fuqarolikni berishni taqiqlash taklif etilmoqda. Bu haqda “Adolatli Rossiya” partiyasi deputatlariga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada migrantlarga vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi va fuqarolikni berishni taqiqlash taklif etilmoqda. Bu haqda “Adolatli Rossiya” partiyasi deputatlariga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Tashkiloy tanlov asosifa ishga jalbbqilinayotgan migrantlar
Gap tashkiliy tanlov asosida ishga jalb qilinadigan migrantlar haqida bormoqda. Deputatlar bunday ishchilarning oila a’zolari va qarindoshlariga mamlakatga kirishni taqiqlash tarafdori.
Malakasiz xorijlik ishchilar yashash huquqiga ega bo‘lishi kerak emas
Tashkiliy ishga qabul qilish doirasida jalb qilinadigan malakasiz xorijlik ishchilar Rossiyada vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi, shuningdek Rossiya fuqaroligini olish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak, deyiladi tashabbusda.
Shuningdek, migrantning Rossiyada bo‘lish muddatini uning mehnat shartnomasi muddati bilan cheklash taklif qilinmoqda. Shartnoma tugagandan so‘ng xodim mamlakatni tark etishi kerak, ish beruvchi esa uning ketishini ta’minlashi shart.
Rossiyadan deportatsiya qilingan muhojirlar soni ko‘paydi
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev mamlakatdan chiqarib yuborilayotgan muhojirlar soni oshganini aytdi. Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yildan buyon deportatsiya qilingan muhojirlar soni bir yarim barobarga ortgan.



