Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°
Читать на русском

Microsoft ustidan monopoliyaga qarshi tergov boshlandi

Tekshiruvning asosiy eʼtibor qaratilgan nuqtasi kiberxavfsizlik va sunʼiy intellekt bilan ishlash boʻlimlariga boʻlmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft ustidan monopoliyaga qarshi tergov boshlandi

AQSH Federal savdo komissiyasi tomonidan “Microsoft” kompaniyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi tergov boshlandi, deb yozmoqda Bloomberg.

Tekshiruvning asosiy e’tibor qaratilgan nuqtasi

Keltirilishicha, tekshiruvning asosiy eʼtibor qaratilgan nuqtasi kiberxavfsizlik va sunʼiy intellekt bilan ishlash boʻlimlariga boʻlmoqda. Maʼlum boʻlishicha, AQSH Federal savdo komissiyasi foydalanuvchilarni oʻzlarining bulutli xizmatlariga bogʻlash maqsadida “Microsoft” ofis toʻplami va xavfsizlik dasturiy taʼminotidan foydalanish imkoniyatlarini oʻrganmoqda.

Kompaniya monopollashib ketgan

Kompaniya bir yildan buyon AQSH Federal savdo komissiyasining diqqat markazida turibdi. U yirik davlat pudratchisi boʻlib qolayotgani va Pentagon kabi idoralardan milliardlab dollarlik shartnomalar olayotganini hisobga olgan holda, komissiyaning tashvishi “Microsoft”ning kiberxavfsizlik sohasidagi kamchiliklari bilan bogʻliq deyish mumkin.

“Microsoft”ga so‘rovnoma

Endi kompaniyaning biznes hamkorlari va raqobatchilari bilan oʻtkazilgan “norasmiy suhbatlar”dan soʻng, amaldorlar “Microsoft”ga batafsil soʻrovnoma yuborishdi. Unda 100 sahifadan ortiq hajmda barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etish talab qilingan.