Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +6°

Toshkentda MIB 200 ga yaqin qoidabuzarlik sodir etgan fuqaroning Tesla'sini xatladi

Hozirgi kunda xatlangan Tesla’ni realizatsiya qilish choralari koʻrilmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda MIB 200 ga yaqin qoidabuzarlik sodir etgan fuqaroning Tesla'sini xatladi

Qarzdorning 2023-yil iyun oyidan boshlab hozirgi kunga qadar 186 ta ijro ishi boʻyicha 116 mln. soʻm toʻlovi boʻlgan.

Qarzdorning 186 ta ijro ishi boʻyicha 116 mln. soʻm toʻlovi boʻlgan

MIB matbuot xizmatiming maʼlum qilishicha, Toshkent shahrida Majburiy ijro byurosi xodimlari jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan qarzdorning Tesla'sini xatladi.

Aytilishicha, Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvida IIBB YHXBning qarorlariga asosan qarzdor F.Sh.dan 186 ta ijro hujjatlari bo‘yicha jami 116 mln. so‘mdan ortiq miqdordagi ma’muriy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud. Mazkur ijro hujjatlari Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga 2023-yilning iyun oyidan boshlab hozirgi kunga qadar jami 186 ta ijro hujjatlari kelib tushgan bo‘lsa-da, qarzdor tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilinmagan.

Tesla Model 3 rusumli avtotransport vositasi xatlandi

Qarzdorliklar bartaraf qilinmagach, Byuro tomonidan 18-may kuni qarzdorga tegishli Tesla Model 3 rusumli avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qidiruvda bo‘lgan Tesla qarzdorning xonadonidan topilib, qarzdor fuqaroga avtotransport vositasini xatlab, vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilishi bildirilgan.

Tesla ixtiyoriy ravishda topshirilgan

Shunda qarzdor avval faol qarshilik ko‘rsatib, davlat ijrochisining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan bo‘lsa, keyinchalik mas’ul xodimlar tomonidan holatning huquqiy oqibati tushuntirilganidan so‘ng qarzdor tomonidan Tesla ixtiyoriy ravishda topshirilgan. 

Hozirgi kunda, avtotransport vositasini realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.