$
 12780.14
11.84
 13980.20
19.34
 133.11
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

MIB tomonidan undirilgan mablagʻlar koʻrsatkichi oʻtgan yilga nisbatan 23 foizga oshdi

mib

Bugun AOKAda boʻlgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpoʻlatov amalga oshirilgan ishlar va ijro etish sohasida koʻrilayotgan choralar haqida ma'lumot berdi. 

Yanvar-sentyabr oyida jami undirilgan mablagʻlar

 Ta'kidlash joizki, Byuro organlari tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida, joriy yilning 9 oyi davomida, jami 35,2 trln. soʻm mablagʻlar undirildi.

 Amalda umumiy undiruv koʻrsatkichi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6,6 trln. soʻmga yoki 23 foizga oshdi.

 Birgina, davlat foydasiga 14,9 trln soʻm, tadbirkorlik va boshqa subyektlar foydasiga 18,8 trln. soʻm hamda fuqarolarimiz manfaatlari uchun 1,4 trln. soʻmdan ziyod undiruvlar amalga oshirildi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” yoʻnaltirilgan 121 mlrd. soʻm

 Byuroning axborot texnologiyalari yordamida masofaviy ishlaydigan 15 ta tumanlararo boʻlimlari tomonidan majburiy ijro harakatlari oʻtkazilmasdan va fuqarolarning mol-mulklariga daxl qilmagan holda, 588,6 mlrd. soʻmlik 1,6 mln.ta hujjatlarning ijrosi ta'minlandi.

 Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan - “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan bogʻliq jamgʻarmalariga 798 mlrd. soʻm yoki oʻtgan yilning mos davrga nisbatan 121 mlrd. soʻmdan koʻp mablagʻ yoʻnaltirildi.

Undirilgan aliment toʻlovlari

 Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga jami 1,4 trln. soʻm aliment pullari undirilgan.

 “Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasi hisobidan 1 492 nafar undiruvchilar foydasiga voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta'minoti uchun 31,3 mlrd. soʻm mablagʻlar toʻlab berildi.

 Ishsiz aliment toʻlovchilarning 19 ming 638 nafari ishga joylashtirildi, 10 mingdan ortiq oilalarning yarashtirilishiga erishildi.

 Qonunga xilof ravishda ishdan boʻshatilgan 570 nafar shaxslar ishga tiklanib, ularga toʻlanmasdan qolgan 30,6 mlrd. soʻmlik ish haqlari undirib berildi.

64 mln.ta qarzdorlik haqida “SMS-xabarnoma”lar 

 Ijro harakatlarini raqamlashtirish borasida joriy etilgan tizimlar imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda.

 Jumladan, ijro ishi qoʻzgʻatilgani va qoʻllanilgan cheklovlar toʻgʻrisida qarzdorlarni ogohlantirish tizimi orqali 64 mln.ta “SMS-xabarnoma”lar yuborildi.

 Qarzdorlik haqida oʻz vaqtida xabar berilishi natijasida, 1,5 mln.ta ijro ishlari ixtiyoriy muddatda tamomlandi.

 Shu bilan birga, Byuro organlariga kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash borasida, har bir murojaat tanqidiy tahlil qilinib, bu borada muhim choralar koʻrilmoqda.

35 ming 300 dan ortiq huquqiy targʻibot tadbirlari 

 Faoliyatga oshkoralik berish va jamiyatda huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida 35 ming 300 dan ortiq huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilgan boʻlsa, 14 ming 700 ga yaqin tadbirlarni yoritishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalanildi.

 Hozirda ham, faoliyatga ilgʻor tajribalarni keng joriy etish, ayniqsa ijro etish sohasini yanada raqamlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.