$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda ilk bora “Kvant metrologiyasi markazi” barpo etiladi

kvant metrologiyasi

Respublikada ilk bor “Kvant metrologiyasi markazi”ni barpo etish bo‘yicha keng qamrovli loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti direktori Lazizbek Saidoripov AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Mazkur loyiha doirasida bir nechta yo‘nalishlarda muhim ishlar amalga oshirildi:

Etalonlar va laboratoriyalar infratuzilmasi rivojlantirilmoqda

Yangi etalonlar va zamonaviy laboratoriyalarni tashkil qilish bo‘yicha qator tashabbuslar amalga oshirildi:

 • 23 milliard so‘mlik 5 ta yuqori aniqlikdagi etalonlar xarid qilindi.

 • “Hajm o‘lchash birligi etaloni” uchun akkreditiv ochildi, yana bir qancha qurilmalarning xaridi tender savdolari orqali amalga oshirilmoqda.

 • Hududiy laboratoriyalarni rivojlantirish uchun 1,8 milliard so‘mlik 102 ta yangi o‘lchash uskunasi sotib olindi.

Bu tadbirlar laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini zamonaviylashtirishga qaratilgan.

Yangi milliy standartlar

Metrologiya sohasidagi normativ bazani kuchaytirish maqsadida:

 • 21 ta yangi milliy standart ishlab chiqildi va ro‘yxatdan o‘tkazildi.

 • Xalqaro qonunchilikka moslashtirilgan yangi qoidalar va me’yorlar qabul qilindi.

O‘zbekiston metrologiyasi xalqaro miqyosda ham o‘z mavqeini mustahkamlamoqda. Masalan, ilk bor 5 ta kaliybrlash imkoniyati xalqaro ro‘yxatga kiritildi. “Uz” indikatorli yangi loyiha joriy etildi. KOOМЕТning texnik qo‘mitalari ilk bor O‘zbekistonda o‘z yig‘ilishlarini o‘tkazdi.

Kadrlar tayyorlash

Metrologiya sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash doirasida:

 • Institutning 52 nafar mutaxassisi xorijda malaka oshirdi.

 • Ilmiy-tadqiqot ishlari uchun 7 ta yangi etalonlar va o‘lchash uskunalari yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, hududiy laboratoriyalarni rivojlantirish va xalqaro tajriba almashish davom etmoqda.

Yangi laboratoriyalar tashkil etilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasida zamonaviy laboratoriya majmuasi tashkil etilib, ochilish marosimi o‘tkazildi. Bundan tashqari, respublikadagi barcha hududiy filiallarda kaliybrlash laboratoriyalari kengaytirildi.

Bu loyiha nafaqat ilmiy yutuqlar, balki yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Aytish mumkinki, mazkur markazning faoliyati sohadagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va metrologiya sohasida O‘zbekistonning mavqeini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.