$
 12865.66
-8.36
 13510.23
-48.69
 125.14
-3.07
weather
+26
Кечаси   +14°

TBC Bank va payme metro navigatsiyasining yangilangan tizimini taqdim etdi

p 8 9

Yangilangan navigatsiya elementlari Alisher Navoiy va Paxtakor bekatlariga o‘rnatildi. Ushbu loyiha transport tizimlari va navigatsiya yechimlari bo‘yicha mashhur dizayner Ilya Birman tomonidan ishlab chiqilgan. Yangi tizimda, asosan, metronning kirish va chiqish joylarini raqamlashtirish ishlari olib borildi.

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilari har kuni duch keladigan muammolarni bartaraf qilish uchun ham navigatsiyani yangilash zaruriy yechim edi. Chunki ayniqsa chiqish va boshqa bekatga o‘tish haqida aniq ma'lumotlar yo‘qligi sabab, eskirgan ko‘rsatkich va sxemalar, ko‘plab yillar davomida yangilanmay, o‘z samarasi va qulayligini yo‘qotgandi. Insonlarning shahar bo‘ylab oson va qulay harakatlanishini ta’minlash uchun TBC Bank va payme navigatsiyani yangilashga qaror qildi.

“Biz jamoamiz bilan har doim odamlar hayotini yengilroq qilishga intilamiz. Poytaxt metrosining yangi yagona navigatsiya dizayni – bizning shahar bo‘ylab kundalik sayohatlarni yaxshilashga qo‘shgan hissamizdir, chunki qulay va tushunarli navigatsiya – shahar hayotining muhim qismi. Umid qilamizki, bu harakatni yanada qulayroq qiladi”, – deya loyihaning ahamiyatini izohladi TBC Bank va payme marketing bo‘yicha direktori Nodira Shermatova.

Metropolitenning yangilangan sxemasini ishlab chiqish ustida "Byuro Gorbunov" art-direktori Ilya Birman boshchiligidagi TBC Bank va payme dizaynerlari jamoasi ishladi. Bu jamoa shu kungacha dunyo miqyosida jamoat transporti sxemalari, saytlar, ilovalar va navigatsiya tizimlarini loyihalashtirish bilan shug’ullanib kelmoqda.

Navigatsiya infratuzilmaning eng muhim qismi hisoblanadi. Ayniqsa metroda yo’nalish ma'lumotlarini taqdim etish uchun navigatsiya to’g’ri ishlab chiqilgan bo’lishi juda muhim. Samarali navigatsiya tizimi odamlarning yo’nalishlarni yaxshiroq tushunishlariga va jamoat transportidan foydalanuvchilar sonini oshirishiga yordam beradi. Yaxshi navigatsiya – shahar uchun mustahkam poydevor hisoblanadi.