$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent metropolitenidan bir kunda qancha odam foydalanadi?

Metro

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yanvar—iyun oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 724,5 ming nafar yo‘lovchi tashilgan.

Qiyoslash uchun

Taqqoslash uchun 2023-yil yanvar—iyun oylariga nisbatan bu ko‘rsatkich 277,1 ming yo‘lovchiga oshgan. Avvalroq bugungi kunda jami 32 ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 196 ta avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgani xabar qilingandi. 2024-yil yanvar—aprel oylari davomida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida 173 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Ko‘rsatkichlar 2023-yil mos davriga nisbatan 15 foizga oshgan.

Toshkent metropoliteni

Toshkent metropoliteni - Markaziy Osiyodagi birinchi yer osti transport tizimi bo‘lib, 1977 yil 6 noyabrda ochilgan. Metropoliten tarmog‘i hozirda 4 yo‘nalishdan iborat: Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va Sergeli yo‘nalishlari. Toshkent metropoliteni bekatlari o‘zining betakror dizayni va arxitekturasi bilan mashhur. Har bir bekat o‘ziga xos mavzuga ega bo‘lib, bu yer osti temir yo‘li madaniy va tarixiy ahamiyatga ega.