$
 12695.00
11.01
 13648.39
0.42
 138.12
-1.12
weather
+26
Кечаси   +14°

Metabolizmni tezlashtirish tetiklik va miyangiz faoliyati yaxshilanishini uchun eng yaxshi omil

Metabolizm

Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlumot berdi. https://t.me/ssvuz/15320.

Inson harakatlanishida metabolizm muhim ahamiyatga ega. Sababi u organizm uchun zarur energiyani ishlab chiqaradi. Xoʻsh, metabolizmni tezlashtirish bizga nima beradi? Uni qanday tezlashtirish mumkin?

Metabolizm

️ Inson organizmidagi moddalar almashinuvi metabolizm deb ataladi. U ikkita asosiy jarayonni oʼz ichiga oladi – katabolizm va anabolizm. Moddalar almashinuvi oziq-ovqatni tanadagi barcha jarayonlar uchun zarur boʼlgan energiyaga aylantirib, organizm normal ishlashini taʼminlaydi.

Vazifalari

Metabolizm qator muhim funktsiyalarni bajaradi, shu jumladan hujayralar, toʼqimalar, organlarning oʼsishi va tiklanishini taʼminlaydi, organizmdan toksinlar chiqib ketishiga yordam beradi, tana haroratini meʼyorida ushlab turadi.Shu sababdan metabolizm tez boʻlishi lozim. Metabolizm tezligiga irsiyat, yosh, jins, mushak massasi kabi omillar taʼsir koʼrsatadi.

 Metabolizm tez boʼlishining afzalliklari nimada?

 Tez metabolizm inson oʼzini yanada tetik his qilishi, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirish, miya faoliyatini yaxshilash, immunitetni mustahkamlash, teri va sochlar sogʼlom boʼlishiga yordam beradi.

Metabolizmni qanday tezlashtirish mumkin?

Moddalar almashinuvini tezlashtirish uchun inson, birinchi navbatda, turmush tarzini oʼzgartirishi kerak. Bunda bir qancha qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi:

 Muntazam sport bilan shugʼullanish. Jismoniy faollik mushak massasini oshirishga, bu esa, oʼz navbatida metabolizm tezlashishiga yordam beradi.


 Toʼgʼri ovqatlanish. Koʼproq oqsil va kletchatkaga boy mahsulotlarni isteʼmol qilish, ratsionda shakar, tuz va zararli yogʼlarni kamaytirish, zarur miqdorda suv ichish.


Toʼgʼri va yetarlicha uxlash. Muntazam ravishda 7-8 soatdan kam uxlash moddalar almashinuvini sekinlashtirishi mumkin.


 Zararli odatlardan voz kechish. Chekish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish organizm zaharlanishi va buning natijasida metabolizm jarayoni sust kechishiga olib keladi.