$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Lionel Messi o‘zbekistonlik yosh futbolchilar bilan uchrashdi

UZB U20 Messi

Bugun oqshom Argentina terma jamoalar markazida ikki mamlakat yoshlar (U 20) terma jamoalari o‘rtasidagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘yin tafsiloti

Farhod Nishonov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar jamoasi Buenos-Ayresda Xaviyer Maskerano ustozlik qiladigan mezbonlarga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushib, 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Mezbonlar tomonidan kiritilgan gollarga Mariano 17 va Franko 50-daqiqalarda mualliflik qilishdi. 

Messi ham shu yerda edi

E’tiborlisi, ushbu o‘yinni FIFA kunlari bo‘lgani bois Buenos-Ayresda Argentina milliy terma jamoasi lagerida bo‘lib turgan Lionel Messi bevosita maydon chetidan kuzatib bordi. O‘yindan keyin u terma jamoamiz futbolchilari bilan esdalik uchun suratga ham tushdi.

Osiyo Kubogi U-20 turnirining saralash bosqichi

Terma jamoamiz bunga qadar Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi U-20 turnirining saralash bosqichida ishtirok etib, o'zining raqiblarini yirik hisoblar evaziga taslim qilishgan edi. Jumladan, vakillarimiz 2-turni Nepalga qarshi o‘tkazib, javobsiz 6 ta gol urishgan. Saidnurrullayev dublga erishgan bo‘lsa, Ibrayimov, Mirzayev, Rejabaliyev va Haydarov ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Farhod Nishonov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U20 jamoasi Osiyo kubogi saralashining ilk turini ham yirik hisob bilan boshlagan edi. Musobaqaning 1-turida Kambodjaga qarshi saf tortgan yoshlarimiz raqibni tor-mor etishgan – 7:0.