$
 12960.38
-6.0
 14152.73
-61.02
 151.92
1.69
weather
+26
Кечаси   +14°

Mikrokreditbank Yevropa Investitsiya Banki bilan 40 mln yevrolik memorandum imzoladi

Mikrokreditbank memorandum

Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti doirasida “Mikrokreditbank” ATB va Yevropa Investitsiya Banki o‘rtasida 40 million yevro miqdoridagi hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mikrokreditbank va Yevropa Investitsiya Banki: Barqaror taraqqiyot sari muhim qadam

Bu bilan “Mikrokreditbank” ATB Yevropa Investitsiya banki bilan bunday kelishuvga erishgan O‘zbekistondagi ilk tijorat banklaridan biriga aylandi. Ushbu hamkorlik bank uchun xalqaro maydonda ishonchli va jozibador moliyaviy institut sifatida e’tirof etilishiga xizmat qiladi hamda yangi strategik sheriklik eshiklarini ochadi.

Memorandum orqali Mikrokreditbank ESG — ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillariga muvofiq faoliyat yuritishni kuchaytiradi. Natijada, barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan moliyaviy xizmatlar va mahsulotlar taklif qilinadi. Shuningdek, bu hujjat bankka Yevropa Ittifoqi hukumatlari va xalqaro donor tashkilotlar bilan hamkorlikda turli loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi.

2 (20).png