$
 12803.81
-19.17
 13677.03
-146.14
 130.64
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Kuchayib borayotgan senzura: Endilikda serial, multfilm, kino, qo‘shiq va kliplar ma’naviy ekspertizadan o‘tkaziladi

tv

O‘zbekistonda mediamahsulotlar axloqsizlikni targ‘ib qilmasligi uchun “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkaziladi. Bu haqda Ma’naviyat va ma’rifat markazi direktori Otabek Hasanov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bunga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, AOKA, Madaniyat vazirligi, Kinomotografiya agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Milliy media birlashmasining birgalikdagi qarori bilan kelishilgan. 

Nizom tasdiqlab bo‘lingan

“Bugun shiddatli davrda axborotlar ko‘lami va oqimi keng. Mediamakon zamonaviy, qiziqarli va dolzarb mavzudagi xilma-xil mediamahsulotlar bilan to‘ldirilmoqda. Lekin ularning barini ham sifat jihatidan ham, mazmun jihatidan ham milliyligimizga mos va xos, tarbiyaviy ahamiyati yuqori deb bo‘lmaydi. Shu boisdan ham yoshlar tarbiyasiga va milliy mentalitetimizga rahna soluvchi mediamahsulotlar tarqalishining oldini olish va ularning sofligi, milliy axloqimizga moslik darajasini tahlil qilib borish ancha muhim”, deyiladi xabarda.

Shuning bilan tele va radiokanallar, ijtimoiy tarmoqlar uchun tayyorlanayotgan mediamahsulotlar, xususan, serial, multfilm, kino, qo‘shiq va kliplarni ma’naviy ekspertizadan o‘tkazish tartibi joriy etilmoqda. Qayd etilishicha, hozirga qadar ma’naviy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlab bo‘lingan. 

Ma’naviy ekspertiza guruhining asosiy vazifalari nima?

Unga muvofiq, ma’naviy ekspertiza guruhining asosiy vazifalari belgilangan. Jumladan, soha mutaxassislaridan tartib topgan guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijda ishlab chiqilgan va O‘zbekiston hududida namoyish etilayotgan mediamahsulotlarning davlat siyosati, davlat ramzlari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy mezonlarga zid, insoniy fazilatlarga tahdid soluvchi ahloqsizlik, behayolikni targ‘ib qiluvchi holatlar mavjud va mavjud emasligi o‘rganiladi. Mediamahsulotlarning yoshlar tarbiyasi va milliy mentalitetimizga ta’siri baholanadi.Yoshlar tarbiyasi va milliy mentalitetimizga rahna soluvchi mediamahsulotlarning tarqalishining oldini olish choralari ko‘riladi.

Bunday mediyamahsulotlarning namoyish etilishini to‘xtatish bo‘yicha tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga takliflar kiritib boriladi. 

“Axloqsizlik va tarbiyasizliklar targ‘ib qilingan mediamahsulotlarni aniqlash, namoyish qilish va keng targ‘ibot qilish bo‘yicha bildirilgan har bir fikr, mulohaza va talif qimmatli. Zero ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, yoshlarni azaliy milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash barchamizning asosiy vazifamizdir”, deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat