$
 12683.99
35.87
 13647.97
25.94
 139.24
0.82
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir kun O‘zbekistondagi barcha shifokorlar ishlamasa nima bo‘ladi?

Doctors

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 80 mingdan ortiq tibbiyot xodimlari ishlaydi. Hech qiziqib ko‘rganmisiz agar ushbu shifokorlar bir kun ishlamasa, bu qanaqa oqibatlarga olib kelishi mumkin. Minglab qurbonlar, ular orasida endi tug‘iladigan chaqaloqlardan tortib, ayollar, yoshlar, homilador ayollar, og‘ir bemorlar, keksalargacha bor. AntiZombi blogi aynan ushbu savol ostida raqamlardan iborat tahlil olib bordi.

Tez yordam oqibati

Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha shifokorlar ishlamasa, 27500 tez tibbiy yordamga chaqiruv amalga oshirilmay qoladi. Bu chaqiruvlarni 70 foizini og‘ir bemorlarga chaqiruv ekanligini hisobga olsak, 19250 ta og‘ir bemor tibbiy yordamsiz qoladi. Agar shu bemorlarning 50 foizi o‘lim xavf solgan kasalliklar bilan bo‘lsa, 9625 kishi shu kuni tibbiy yordam olmaganligi sababli olamdan ko‘z yumadi. 9625 ta oilada motam, aza, janoza o‘qiladi.

Shuningdek, 9625 ta olamdan o‘tganlarning 10 foizi (eng kam miqdor) bolalarga to‘g‘ri kelishini hisobga olsak 962 ta bola shu kuni vafot etishi mumkin.

Shoshilinch operatsiyalar o‘tkazilmaydi, oqibatda…

Bundan tashqari, bir kunda butun respublikamiz bo‘yicha mingdan ortiq shoshilinch operatsiya o‘tkazilmay qoladi. Bu esa yana 1000 ga yaqin kishini hayotdan ko‘z yumishiga yoki nogiron bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tug‘iladigan hamda dunyoga keltiradigan onalar masalasi

Shu bilan birga, bir kunda respublikamizda 2100 dan ortiq chaqaloq dunyoga keladi. Agar tug‘ruqqa malakali akusherlar yordam ko‘rsatmasa 60 foizdan ko‘proq chaqaloq nobud bo‘lishi mumkin. Bu 1260 ta chaqaloq nobud bo‘ladi degani. 2100 chaqaloqni dunyoga keltirayotgan onalar malakali yordam olmasa ularning 40 foiz tug‘ruq vaqtida vafot etadi. Bu 840 ona vafot etadi degani.

Davolanayotganlarning 5 foizida o‘lim xavfi

Shuningdek, shifoxonada yotib davolanayotgan 170 000 dan ortiq bemor nazoratsiz qoladi. Ulardan 5 foiz og‘ir bemor deb hisoblasak, 8500 bemor shu kuni turli asoratlardan vafot etishi mumkin.

“Yuqoridagi holatlardan tashqari qanchadan – qancha og‘ir holatdagi bemor bolalar, homilador onalar, bemor qariyalar, nogiron bemorlar shu kuni malakali tibbiy yordamsiz qolishi o‘ta ayanchli, mudhish holatlarga olib kelishi mumkin”, – deb yozadi AntiZombi blogi.