$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Messi va Ronaldudan keyingi “yerlik” futbol qirolining Parijdagi ertagi yakunlanadi

mbappe

Fransiya terma jamoasi hamda “PSJ” futbol klubi yulduzi Kilian Mbappe o‘z sahifasiga videomurojaat joylab, mavsum so‘ngida Parijdagi faoliyati yakunlanishini ma’lum qildi.

“Shartnomani uzaytirmayman”

Kecha oqshom Fransiya terma jamoasi hamda “PSJ” futbol klubi yulduzi Kilian Mbappe o‘z sahifasiga videomurojaat joylab, mavsum so‘ngida Parijdagi faoliyati yakunlanishini ma’lum qildi.

— Men shartnomani uzaytirmayman. Mening Parijdagi sarguzashtlarim bir necha haftadan keyin yakuniga yetadi. Men “Park de Prens”dagi so‘nggi o‘yinimni yakshanba kuni o‘tkazaman. Hissiyotlarga to‘la bo‘ladi...

“Uni faqat sevish mumkin”

“PSJ” menga ham o‘yinchi, ham inson sifatida o‘sishimga yordam berdi. Barcha jamoadoshlarim va murabbiylarga rahmat aytmoqchiman. Bu og‘ir. Men o‘z mamlakatimni tark etayotganim haqidagi qarorni e’lon qilish bunchalik og‘ir bo‘ladi, deb o‘ylamagandim. “PSJ”dagi 7-yillik faoliyatimdan so‘ng menga yangi sinovlar kerak. Yetti yil davomida siz menga bergan mehringizni hamisha ham oqlay olmadim. Ammo men hech qachon aldashni istamadim. Men hamisha samarali o‘yin namoyish etishga intildim. “PSJ” — shunday klubki, unga nisbatan hech qachon befarq bo‘la olmayman. Uni faqat sevish mumkin. Men mehrni tanladim va 7-yil davomida to‘p tepdim. Men bundan afsusda emasman. Bu klub umrbod xotiramda qoladi", – dedi Mbappe.

Kilian Mbappe va Nosir Al Helayfi o‘rtasidagi munosabatlar 

Fransiyalik forvard xayrlashuv videosida “PSJ” prezidentiga rahmat aytmadi, biroq bosh murabbiylar va sport direktorlarini ismi bilan sanab o‘tdi. “Le Parisien” jurnalistlari xabar berishicha, fevral oyida 25 yoshli hujumchi jamoasini o‘zgartirish niyati borligini ma’lum qilganidan keyin tomonlar o‘rtasida jiddiy janjal kelib chiqqan. Al-Xelaifiy futbolchini noshukur deb atadi, chunki prezident uni loyihaning asosiy yuziga aylantirmoqchi edi.

Madrid — yangi ertaklar “beshigi” 

Futbolchining keyingi manzili deyarli aniq. Fabritsio Romano xabar berishicha, “Real” va fransiyalik hujumchi kelishuvga erishib bo‘ldi. Transfer Chempionlar ligasi finalidan keyin rasman e’lon qilinadi. Futbolchi Madriddan uy topib bo‘ldi. Mbappening "qaymoqranglilar"dagi maoshi 2022-yilda taklif qilinganidan kamroq bo‘ladi. Shartnoma esa 2029-yilgacha amal qiladi. Shuningdek, unga 125 million yevrolik bonus beriladi. 

Parijliklarning yangi rejalari qanday?

Ma’lum bo‘lishicha, klub Mbappe transferidan maosh, soliq va sug‘urta badallarini hisobga olgan holatda, 225 million yevro tejab qoladi. Ushbu mablag‘ning katta qismi jamoani qayta ishlash va yosh iste’dodlarga sarmoya kiritish doirasida yozda bir qancha o‘yinchilarni sotib olishga sarflanadi. 

Parijdagi faoliyat

Kilian Mbappe 180 million evro evaziga “Monako”dan “PSJ”ga o‘tgan. Umuman olganda, 25 yoshli futbolchi Parij klubi safida 306 ta o‘yin o‘tkazib, 255 ta gol urgan va 108 ta golli uzatmani amalga oshirgan. "PSJ" bilan u 6 marta Fransiya chempionati, 2 marta Fransiya Ligasi kubogi, 3 marta Fransiya kubogi va 3 marta Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Mbappe “PSJ” tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.