$
 12809.05
22.07
 13765.89
12.21
 130.56
0.29
weather
+26
Кечаси   +14°

MB sotib olgan qimmatli qog‘ozlar narxi 100 million dollardan oshdi

Qimmatli qo

2024-yilning 1-noyabr holatiga koʻra, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qogʻozlar narxi $100 mln.dan oshdi. Bu qimmatli qog‘ozlar respublika oltin-valyuta zaxiralarining bir qismidir. Bu haqdagi ma’lumotlar regulyator veb-saytida e’lon qilingan.

Qaysi qimmatli qogʻozlarga sarmoya kiritilgani noma’lum

Sotib olingan qimmatli qogʻozlar narxi bir oy ichida deyarli uch baravar oshdi, ya’ni $35,7 mln.dan $100,9 mln.ga yetdi. Hozircha regulyator qaysi qimmatli qogʻozlarga sarmoya kiritgani noma’lumligicha qolmoqda.

AQSh davlat qimmatli qogʻozlariga $35 million sarmoya

May oyida Jahon bankining texnik koʻmak missiyasi doirasida Markaziy bankda xalqaro zaxiralarni diversifikatsiya qilish masalalari boʻyicha treninglar oʻtkazilgan edi. Tashrif davomida davlat qimmatli qogʻozlariga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilingan. Shu bilan birga, xorijiy davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish boʻyicha birinchi operatsiyalar amalga oshirilgan. Shundan so‘ng, iyul oyida Oʻzbekiston AQSh davlat qimmatli qogʻozlariga $35 million sarmoya kiritgan.

$1,5 mlrd.ga teng obligatsiyalar

Shuningdek, joriy yilning 21-may kuni Oʻzbekiston Respublikasining umumiy qiymati qariyb $1,5 mlrd.ga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari ilk bor 3 ta valyutada jahon moliya bozorlarida joylashtirildi.

Unga ko‘ra, uchta valyutada, jumladan, AQSh dollarida 7 yillik, yevroda “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ni (BRM) moliyalashtirish uchun 3 yillik hamda Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirish boʻyicha buyurtmalar qabul qilinishi e’lon qilingan edi.

Kelib tushgan buyurtmalar

Oʻzbekiston Respublikasining suveren xalqaro obligatsiyalarini sotib olish uchun jami $5,5 mlrd. miqdoridagi buyurtmalar kelib tushgan, jumladan:

·      AQSh dollaridagi (7 yillik) obligatsiyalarga — $3 mlrd.;

·      yevrodagi (3 yillik) obligatsiyalarga — 2 mlrd. yevro;

·      soʻmdagi (3 yillik) obligatsiyalarga — 4 trln. soʻm.

Qabul qilib olingan buyurtmalar natijasida quyidagilarga erishilgan:

·      $600 mln. miqdoridagi 7 yillik obligatsiyalar boʻyicha kupon stavkasi 6,9 foiz;

·      600 mln. yevro miqdoridagi 3 yillik obligatsiyalar boʻyicha 5,375 foiz;

·      3 trln. soʻm miqdoridagi 3 yillik obligatsiyalar boʻyicha 16,625 foiz.

Теги :
Jamiyat