$
 12648.12
-26.88
 13622.03
5.28
 138.42
0.06
weather
+26
Кечаси   +14°

Kelgusi oyda Toshkent bitiruvchi va talabalarini katta bayram kutmoqda

Шавквт Умрузоков

Bugun Toshkent shahar hokimligi binosida Toshkent shahar hokimligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan "Bitiruvchi va talaba yoshlar — 2024" loyihasiga start berilishi munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzokov va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, loyiha bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushuntirishlar berishdi.   

Yoshlar uchun platformalar yaratiladi

Bitiruvchi va talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bo‘lajak kadrlarga mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishga yordam berish, iste’dodli talabalarni rag‘batlantirish, ularning loyiha, g‘oya va ilmiy ishlanmalarini bir yerga jamlash bo‘yicha qator platformalar yaratilishi ko‘zda tutilgan. 

Uchrashuvlar va tadbirlar

Loyihaga ko‘ra, bitiruvchilarning o‘zlariga mos ta’lim muassasalarni aniqlab olishlari uchun oliygoh vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, loyiha doirasida sport musobaqalari, turli ko‘ngilochar dasturlar, tabiat qo‘ynida talabalar sayllari, ko‘rgazmalar, konsert va shou-dasturlari tashkil qilinishi kutilmoqda.

Shahar hokimligi rejasi

Toshkent shahar hokimligi bitiruvchi va talaba yoshlarni qamrab oladigan keng ko‘lamli yoshlar loyihasini o‘tkazishini ma’lum qilarkan, asosiy maqsad yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish, ularning kelgusidagi rejalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat ekanligini ta’kidlamoqda.

Loyihada ishtirok etish istagidagilar quyidagi botda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi: https://t.me/talaba_bitiruvchi_bot