$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘tgan yilda 5 mingga yaqin mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi, bu 2023-yilga qaraganda 1 331 nafarga ko‘p

deputat amaldor

Bosh prokuratura mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar tahlilini taqdim qildi.

5 mingga yaqin mansabdor javobgarlikka tortildi

Unga ko‘ra, 2024-yilda 3 821 ta jinoyat ishi bo‘yicha 4 906 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning 71 nafari respublika, 410 nafari viloyat va qolgan 4 425 nafari tuman (shahar) miqyosidagi xodimlar hisoblanadi. Bu 2023-yilga qaraganda 1 331 nafarga koʻp (2023-yilda 3 575 nafar).

Qanday jinoyatlar qilingan?

Maʼlumotga ko‘ra, qo‘lga tushgan lavozim egalari tomonidan 3 trln. 608 mln so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, shundan 2 trln. 343 mln so‘mi yoki zararning 65 foizi undirib olingan.

Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning katta qismi oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-taroj qilish jinoyatiga toʻgʻri keladi — 2 929 nafar.

Ikkinchi oʻrindan esa firibgarlik joy olgan. Oʻtgan yili 447 nafar mansabdor firibgarlik qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Uchinchi oʻrinda mansab vakolatini suiisteʼmol qilish turibdi — 226 nafar.

Теги :
Jamiyat