$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

malaka

Maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sinovlar o‘tkaziladigan kunlar

– Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktyabr kuni (1 kun);

– Matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktyabr kunlari (2 kun);

– Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun);

– O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr kunlari (2 kun);

– Kimyo, Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari, Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlaridan — 7-8-noyabr kunlari (2 kun);

– Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 9-noyabr kuni (1 kun);

– Fransuz tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun);

– Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Musiqa madaniyati fanlaridan — 13-noyabr kuni (1 kun);

– Jismoniy tarbiya, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo‘nalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo‘nalishi — o‘g‘il bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr kuni (1 kun);

– Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), — Psixolog, Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr kuni (1 kun);

16-noyabr kuni o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari

Shuningdek, Musiqa adabiyoti va tarixi, Musiqa nazariyasi, San’at tarixi, Amaliy san’at, Etika va estetika, Akademik xonandalik, An’anaviy ijrochilik (cholg‘u ijrochiligi, xonandalik), An’anaviy cholg‘ular ijrochiligi, Arxitektura dizayni, Axborot texnologiyalari asoslari, Badiiy gilam va gobelenlar usta-rassomi, Badiiy kashtachilik usta-rassomi, Badiiy kulolchilik usta-rassomi, Badiiy naqqoshlik usta-rassomi, Badiiy yog‘och o‘ymakorligi usta-rassomi, Baxshichilik san’ati, Charm buyumlari dizayneri, Damli cholg‘ular ijrochiligi, Damli va zarbli cholg‘ular (gaboy, fagot, tuba , trombon), Dastgohli rangtasvir rassomi, Drama teatri va kino aktyorligi, Estrada cholg‘ulari ijrochiligi, Estrada xonandaligi, Folklor ijrochilik san’ati, Fortepiano ijrochiligi, Grafika rassomi, Haykaltaroshlik, Interyer dizayni, Kino va televideniye rassomi, Kompozitsiya, Kompyuter grafikasi va dizayn, Konsertmeyster (Jo‘rnavoz), Lak miniatyurasi rassomi, Landshaftlar va atrof muhit dizayneri, Liboslar dizayni, Mahobatli rangtasvir rassomi, Musiqiy teatr aktyorligi, Mutaxassislikka kirish, Ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissyori, Qalamtasvir, Rangtasvir, Qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi, Rangtasvir va amaliy san’at asarlarini qayta tiklash rassomi, Rassom-fotograf, Sanoat dizayni, Sirk san’ati (jismoniy yo‘nalish), Tarbiyaviy ishlar metodikasi, Tarixiy teatr liboslari san’ati rassomi, Tasviriy san’at (chizmatasvir, rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik), Teatr san’ati, Teatr sahna bezagi rangtasvir rassomi, Teatr san’ati butafori rassomi, Texnogen san’ati, Torli cholg‘ular ijrochiligi, Umumiy fortepiano, Vokal san’ati, Xalq cholg‘ulari ansambli, Xalq raqsi ijrochisi, Xonandalik, Xor dirijyorligi, Xoreografiya (Xalq sahna raqsi), Zarbli cholg‘ular fanlaridan — 16-noyabr kuni (1 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

Malaka test sinovlari o‘tkazish joylari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:

Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi (Nukus shahri, Y. Alako‘z ko‘chasi, 54-uy)

Andijon viloyati:

Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi (Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi, 8-uy)

Buxoro viloyati:

Kogon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Kogon tumani, “Choloki” MFY, Qasri Orifon qishlog‘i, 165-uy)

Jizzax viloyati:

Jizzax shahridagi 4-umumta’lim maktabi (Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, To‘qimachilar ko‘chasi, 45-uy)

Qashqadaryo viloyati:

Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi (Qarshi shahar, Olimlar ko‘chasi, 2-uy)

Navoiy viloyati:

Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Navoiy shahri, Aloqa ko‘chasi, 6-uy)

Namangan viloyati:

Namangan shahridagi 15-umumta’lim maktabi (Namangan shahri, “G‘ishko‘prik” MFY, Uychi ko‘chasi, 329-uy)

Samarqand viloyati:

Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi (Samarqand shahar, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy)

Sirdaryo viloyati:

Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh ko‘chasi, 55-uy)

Surxondaryo viloyati:

Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi (Termiz shahar, “Farhod” MFY, Alisher Navoiy ko‘chasi, 19-uy)

Farg‘ona viloyati:

Farg‘ona shahridagi 28-umumta’lim maktabi (Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy)

Xorazm viloyati:

Urganch tumanidagi 36-umumta’lim maktabi (Urganch tumani, Qorovul qishlog‘i, “Mevazor” MFY, Quvonch ko‘chasi, 111-uy)

Toshkent shahri va Toshkent viloyati:

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi, 83-uy)