Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +9°

Maktablarda obuna uchun ham, “remont” uchun ham pul yigʻish mumkin emas

2023-yilda Oʻzbekistonda 31 ta tuman va shahar hokimi maktab “remont”i uchun pul ajratmagan.

2 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda obuna uchun ham, “remont” uchun ham pul yigʻish mumkin emas

Umumiy oʻrta ta'lim toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, maktablar faoliyatini moliyalashtirish tegishli xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. 

Ota-onalardan sinflar ta'miri uchun pul yigʻish qonuniymi?

Oʻquv yili tugashi bilan koʻpchlik maktablarda ota-onalardan sinflar ta'miri uchun pul yigʻilishi hech kimga sir emas. Ammo mavjud qonunchilikka koʻra, maktablarni yangi oʻquv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ta'mirlash va infratuzilmasini yaxshilashga mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari shaxsan mas'ul ekani belgilab qoʻyilgan. Bu qonunni bilmagan ota-onalar esa maktab masʼullari soʻragan pulni farzandining yaxshi sharoitda oʻqishi uchun ham toʻlashadi.

Mahalliy hokimliklar taʼlim maskanlarini taʼmirlashga masʼuldir

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning ma'lum qilishicha, maktablarga begʻaraz homiylik qilish istagida boʻlgan fuqarolar buni qonuniy yoʻl bilan, ya'ni homiylik mablagʻlarini maktabning hisob-raqamiga oʻtkazgan holda rasmiylashtirishi mumkin. Hududlardagi maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qurish, rekonstrusiya qilish, kapital va joriy ta'mirlash, ta'lim maskanlarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiena sharoitlari bilan ta'minlash mahalliy hokimliklar zimmasida. 

– Maktablarda obuna uchun ham, “remont” uchun ham majburiy pul yigʻish mumkin emas, – deydi Dilfuza Sobirova. – Vazirlik mahalliy hokimliklarga bu borada topshirilgan vazifalar ijrosini monitoring qilib boradi. Ta'lim maskanlari ta'miri uchun byudjetdan ajaratilayotgan pullar toʻgʻridan- toʻgʻri hokimliklar balansiga borib tushadi. 

Oʻtkan yili 31 ta tuman va shahar hokimlari maktab taʼmiri uchun pul ajratmagan

Qayd etilishicha, umumiy oʻrta ta'lim toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, maktablar faoliyatini moliyalashtirish tegishli xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. 

Ma'lumot oʻrnida ta'kidlash lozimki, Oʻzbekistonda 31 ta tuman va shahar hokimi oʻtgan 2023-yilda maktab “remont”i uchun pul ajratmagan. Respublika miqyosida maktab ta'miri uchun ajratilgan mahalliy byudjet mablagʻlari esa 135 milliardni tashkil etgan. 

Maktablarda noqonuniy pul yigʻilsa kimga murojaat qilish kerak?

Agar maktablarda oʻqituvchilar va oʻquvchilardan noqonuniy pul yigʻimlari tashkil etilayotgan boʻlsa, bu haqda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining (71) 202-09-09 Ishonch telefon raqamiga xabar berish soʻraladi.