Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 94 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Maktablarda "bosim" ortib ketmoqda

Kelgusi yili maktabga, bu o‘quv yilida ketgan o‘quvchilardan deyarli ikki baravar ko‘p bola maktabga keladi. Davlat bunga qanchalik tayyor?

1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda "bosim" ortib ketmoqda

Kelgusi yili maktabga, bu o‘quv yilida ketgan o‘quvchilardan deyarli ikki baravar ko‘p bola maktabga keladi. Davlat bunga qanchalik tayyor?

700 ming yangi "qorako‘z"

Ushbu o‘quv yilida respublika bo‘yicha maktablarni jami 414,6 ming nafar o‘quvchi tamomladi. Kelgusi o‘quv yilida esa taxminan 715,5 ming nafar bola maktabning 1-sinfiga boradi. Bu esa maktablarga bo‘lgan yuklamani 300 mingga ortishini anglatadi.

Maktabga ajratilgan "investitsiya"

2024-yilgi investitsiya dasturidan maktablar qurilishi uchun 3 trillion so‘m miqdoridagi byudjet ajratilgan. Bu esa 150 ming o‘quvchi uchun yangi o‘rin ajratishi kerak edi. Ammo bu ishlarning qanchalik maromiga yetkazib bajarilgani haqida hali ma’lumot berilgani yo‘q.

"Maktablardagi o‘rin yetishmasligini hal qilish dasturga kiritilmagan" - Bakirov

Ushbu muammo haqida gapirar ekan, iqtisodchi va bloger Otabek Bakirov ushbu muammo "O‘zbekiston - 2030" dasturiga kiritilmagan ekanligini eslab o‘tdi. "Eslatib o‘tamiz, maktablarda o‘quvchi o‘rni yetishmasligi muammosini hal qilishi mumkin bo‘lgan “Yiliga 500 ming o‘quvchi o‘rni yaratish" vazifasi "O‘zbekiston-2030" Strategiyasiga kiritilmagan", - deydi u o‘z blogida. Bundan tashqari, u o‘zi o‘quvchilar uchun joy yetishmay turgan bir paytda, maktab binolarining sotuv uchun auksionga qo‘yilganini ham "yodga olib" ketdi.