$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

998 nafar mahkuma "tuzalish yo'liga" qaytdi

Mahkumalar

Zangiotadagi 21-sonli jazoni ijro etish koloniyasida mahkumalarning tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganini aniqlash mezonlari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Komissiya tarkibi

Ma’lum bo’lishicha, komissiya a’zolari tarkibida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili ham ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 102-1-moddasida Komissiya tarkibiga jamoatchilik vakillaridan, qoida tariqasida, xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan vakillari kirishi belgilangan.

Mahkumalarning 1000 ga yaqini tuzalish yo’liga o‘tgan

Shuningdek, yig‘ilishda koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 1 ming 159 nafar mahkuma komissiya a’zolari tomonidan o‘rganilib, 998 nafariga tuzalish yo‘liga o‘tgan, degan xulosa berildi.

Jarayonda ularning mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, o‘qishga va kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, mahkumalarning muassasada o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi kabi mezonlar ham ko‘rib chiqildi.