$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Ketma-ket ikkita kuchli chaqnash, Yerni 8 ballik magnit bo‘roni kutmoqda

Magnit bo‘roni

Ijtimoiy tarmoqlarda hozirda 8 ballik magnit bo‘roni bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabar feyk ekanini rasdiqlab O‘zgidromet rasmiy munosabat bilan chiqdi. Shuningdek, 8 ballik magnit bo‘roni haqida ham xabar berib o‘tdi.

3 ball o‘ta kuchsiz

Unga ko‘ra, ayni damda Olmaota ionosfera institutiga ko‘ra, 3 ballik magnit bo‘roni kuzatilmoqda. Bu “o‘ta kuchsiz” qo‘zg‘alish hisoblanadi.

Chaqmashning eng yuqori sinfi

Shuningdek, Quyosh astronomiyasi laborotoriyasi 9-may kuni Quyoshda yana bir kuchli chaqnash sodir bo‘lganligi haqida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnashning eng yuqori sinfi X2.2 ushbu chaqnash mobaynida kuzatilgan. Katta plazmaning kuchli otilishi Yer tomon yo‘naltirilgan.

Yer tomon yo‘nalgan chaqnashlar

Chaqnash Quyoshning hozirgi siklidagi yettinchisi va eng kuchlisi hisoblanadi. Ma’lumot uchun, Quyosh chaqnashlari rentgen nurlarining kuchiga qarab 5 ta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M, va H. Chaqnash bulutlari yerga yetib kelgan vaqtda, magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Chaqnashni qabul qilish vaqtlari qachon?

Mutaxassislarning bergan ma’lumotiga qaraganda, bu safar Yer ketma-ket 2 ta kuchli chaqnashni qabul qilib oladi. Birinchi ta’sir bugun, 10-mayning ikkinchi yarmidan boshlab kuzatiladi va G4 darajasidagi kuchli magnit bo‘roni 11-12-may kunlarida davom etishi aytilmoqda.

Yer magnitosferasi monitoringini yurituvchi rus xizmati esa 11-mayga o‘tar kechasidan boshlab, 12-may tushga qadar Yerning magnitosferasi yuqori plazmani qabul qilishi hamda buning fonida sayyorada 11-may tushga yaqin 8 ballik kuchli geomagnit bo‘roni kuzatilishini prognoz qilmoqda.

Mas’ullarning bayonotiga ko‘ra, Quyoshning faolligi yana bir necha kun davomida hozirgi darajada qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 6-may kuni Quyoshda so‘nggi 10 yildagi eng yirik portlashlardan biri sodir bo‘lgan edi.

Теги :
Jamiyat