$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Yerni magnit bo‘ronlari qoplashi mumkin

magnit bo‘roni

SpaceWeather xabar berishicha, Quyoshda 23-aprel kuni bir vaqtning o‘zida to‘rtta megachaqnash qayd etildi. Yerni yaqin kunlarda magnit bo‘ronlari qoplashi mumkin.

Magnit bo‘roni xavfi

Ushbu chaqnashlardan biri Yer tomon yo‘naltirilgan. Uning zarralari yaqin kunlarda magnitosferamizga yetib kelib, geomagnit bo‘ronni keltirib chiqarishi kutilmoqda. Megachaqnash Quyosh yuzasining Yerga qaragan qismida sodir bo‘lgan, deydi mutaxassislar.

“Simpatik chaqnash”

NASA Quyosh dinamikasi observatoriyasi kuzatuvlariga ko‘ra, chaqnash nuqtalari uchta quyosh dog‘i va dog‘lar orasida joylashgan uzun plazma halqasi bo‘lgan. Olimlar fikricha, bu turdagi hodisalar “simpatik chaqnash” deb ataladi, chunki dog‘lar magnit maydon chiziqlari bilan bog‘langan. Ulardan biri chaqnasa, qolganlari ham unga ergashadi.

Quyosh chaqnashlari qanday ta’riflanadi?

Ma’lumot uchun eyarli barcha holatlarda simpatik portlashlar bir vaqtning o‘zida ikkita portlash bilan cheklangan. Ularning kuchi X sinfgacha bo‘lishi mumkin. Quyosh chaqnashlari, rentgen nurlanishining kuchiga qarab, beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X.

Bu galgi chaqnash esa olimlar tomonidan “supersimpatik chaqnash” deb nomlandi. Astronomlar chaqnashning umumiy kuchini hali aniqlagani yo‘q, biroq quyosh plazmasi va radiatsiyaning bir qismi bir necha kundan keyin Yerga yetib borishi ehtimoli bor.