$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘zaro mahkumlar almashadi

mahkum

Qirg‘iziston va O‘zbekiston jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolarni bir-birlariga topshiradi. Tegishli qonun loyihasi Qirg‘iziston Jogorku Keneshi tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qirg‘izistonda 97 nafar o‘zbekistonlik jazo o‘tamoqda

Qirg‘iziston Bosh prokuror o‘rinbosari Umutkan Qo‘nkuboyeva deputatlarga O‘zbekistonda Qirg‘izistonning 42 nafar fuqarosi, Qirg‘izistonda esa 97 nafar o‘zbekistonlik jazo o‘tayotgani haqida ma’lumot berdi. Bu fuqarolarning barchasi o‘z vatanlarida jazoni o‘tashda davom etadi.

Rasmiy kelishuv

2024-yilning 18-iyul kuni Qirg‘iziston bosh prokurori Maqsat Asanaliyev va O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni jazoni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi shartnomani imzolagandi.

Теги :
Jamiyat