$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘zbekkonsert” tanbeh berishini emas, balki ayol va san’atkor sifatida himoya qilishini istardim”

Lola Gazeta

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Lola Yo‘ldosheva ijrosi aks etgan video tarqaldi. Ba’zi foydalanuvchilar uning konsert libosida ko‘krak shakli haddan ortiq tarzda sezilib turibdi, deb hisoblashgan. Keyinroq “O‘zbekkonsert” binosida xonandaning ushbu tashkilot vakili bilan suhbati aks etgan video paydo bo‘ldi. Videodagi erkak Lolaga tashkilot xonandani yaxshi bilishi va hurmat qilishini, unga chaqirib, ushbu harakat bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini bildirganliklarini yozishlarini aytadi.

Lola unga “O‘zbekkonsert” tanbeh berishini emas, balki ayol va san’atkor sifatida himoya qilishini istardim, deb javob bergan. 

Litsenziya talablari

Davlat muassasasining qayd etishicha, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunining 21-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom” bilan tasdiqlangan pasportning litsenziya talab va shartlarida “konsert-tomosha tadbirlarida ijrochilarning odob-axloq qoidalariga, sahna madaniyati, tashqi ko‘rinish madaniyatiga zid bo‘lgan xatti-harakatlarni hamda tomoshabinlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilmaslik” kabi vazifalar belgilangan.

Sahna madaniyati buzildimi?

“Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan holatga oydinlik kiritish maqsadida 18-aprel kuni xonanda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasiga taklif etilib, holat yuzasidan suhbat olib borildi. Xonandaga yana bir marta litsenziya talablari eslatildi. Shu o‘rinda, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi barcha sanʼatkorlardan sahna madaniyatiga rioya etishlarini so‘rab qoladi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi mamlakatda konsert-tomosha faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, shu jumladan, milliy estrada, opera, milliy raqs va xoreografiya sanʼatini, orkestrlarni, gastrol-konsert faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va muvofiqlashtirishga qaratilgan tashkiliy-ijodiy ishlarni amalga oshiruvchi Madaniyat vazirligi huzuridagi davlat muassasasi hisoblanadi.